SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Eʼlon qilingan ekstremistik va terroristik kontentlar xususida Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi mutaxassisi bilan davra suhbati tashkil etildi
20.05.2023 / Bo‘limda Yangiliklar

Eʼlon qilingan ekstremistik va terroristik kontentlar xususida Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi mutaxassisi bilan davra suhbati tashkil etildi

Maʼlumki, 19-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan mamlakat hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar roʻyxati eʼlon qilindi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita xabar berdi.

Shu munosabat bilan bugun 20-may kuni  taʼlim muassasasida maxsus kursi doirasida ushbu mavzu  keng yoritib berildi.

Eʼlon qilingan ekstremistik va terroristik kontentlar xususida Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi mutaxassisi bilan davra suhbati tashkil etildi (1)
Eʼlon qilingan ekstremistik va terroristik kontentlar xususida Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi mutaxassisi bilan davra suhbati tashkil etildi (2)

Maʼruzaga Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita mutaxassisi Mukaramxonov Nurulloxon taklif etildi.
Mutaxassis maʼruzada soʻngi vaqtlarda turli ekstremistik va terroristik tashkilotlarning mediamarkazlari tomonidan tayyorlangan ekstremistik va terroristik mazmundagi targʻibot materiallari internet tarmoqlarida keng tarqatilayotgani, bu esa, oʻz navbatida, nafaqat yurtimizda, balki jahon hamjamiyatida bu kabi maʼlumotlarni aholi orasida tarqalishini oldini olishga, ularni ijtimoiy tarmoqlarda aniqlash va faoliyatiga chek qoʻyish boʻyicha mexanizmlar ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq qilish zaruratini kun tartibiga qoʻyayotgani haqida aytib oʻtdi.

Maʼruzachi noqonuniy deb topilgan kontentlardan aholini xabardor etish – mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan faoliyatning samaradorligini belgilab beruvchi muhim omillardan hisoblanishligini taʼkidlab oʻtdi.

Hamda Oʻzbekiston Respublikasi PrezidentiningN “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4436-son qaroriga koʻra, Adliya vazirligi va Oliy sud oʻzining rasmiy veb-saytlari va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan tashkilotlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlar roʻyxatini eʼlon qilib, uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlashi belgilanganligini aytib oʻtdi.

Eʼlon qilingan ekstremistik va terroristik kontentlar xususida Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi mutaxassisi bilan davra suhbati tashkil etildi (3)
Eʼlon qilingan ekstremistik va terroristik kontentlar xususida Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi mutaxassisi bilan davra suhbati tashkil etildi (4)

Bundan tashqari, maʼruzachi Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022 yil 14 apreldagi 180-son qarori tafsilotlarini bayon qildi.

Mukaramxonov Nurulloxon diniy mazmundagi materiallar tegishli qonun hujjatlariga koʻra jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeiga qarab yoki boshqa holatlarga koʻra kamsitish yoxud oʻzga shaxslar mahsulotlarini obroʻsizlantirish;

Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumi, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qilish;

urush, zoʻravonlik, terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm va separatizm gʻoyalarini targʻib etish;

milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi axborotni tarqatish;

diniy eʼtiqodni oʻzgartirishga daʼvat qilish;

dindorlarning diniy tuygʻularini haqorat qilish yoki kamsitish;

fuqarolarni oʻz konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;

davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash kabi gʻoyalar aks etgan materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash va tarqatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi haqida aytib oʻtdi.

Davra suhbati yakunida Mukaramxonov Nurulloxon talabalarning mazkur mavzuga oid berilgan savollariga batafsil javob berdi.

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi matbuot xizmati

What you can read next

Сўйласанг сўйла яхши сўзлардин, Йўқса жим турмоғинг эрур яхши....
Сўйласанг сўйла яхши сўзлардин, Йўқса жим турмоғинг эрур яхши….
Макка мушриклари Пайғамбар (с.а.в) ни кутганмиди?
Макка мушриклари Пайғамбар (с.а.в) ни кутганмиди?
МАВЛИД ТАБРИГИ ВА УНИ НИШОНЛАШ ҲУКМИ
Мавлид табриги ва уни нишонлаш ҳукми

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP