SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Paygʻambar ﷺning ovqatlanishlaridagi xulqlari
28.04.2026 / Bo‘limda Islom tarixi, Maqolalar

Paygʻambar ﷺning ovqatlanishlaridagi xulqlari

«Muhammad ﷺ da sizlar uchun goʻzal namuna bordir».

Paygʻambar ﷺning ovqatlanishlaridagi xulqlari

U zot ﷺ ning ovqatlanishdagi odatlari shunday edi: yeyishga nima topilsa — oʻshani yer, yoʻq taomni izlab oʻzlarini qiynamas edilar. Agar dasturxonga taom tortilsa, uni rad etmas, hech qachon biror taomni ayblamas edilar. Agar yoqsa — tanovul qilardilar, yoqmasa — yemas edilar.

U zot ﷺ tuya, qoʻy, tovuq goʻshtini, baliqni, yangi xurmo va quruq xurmoni isteʼmol qilganlar. Sogʻilgan sutni oʻzini va yana aralashtirib ham ichganlar. Nonni xurmo bilan, sirka bilan, yogʻ bilan ham yeganlar. Qoʻy jigarini qovurilgan holda, quritilgan goʻshtni va qovoqni ham isteʼmol qilganlar ( uni yaxshi koʻrib, kosaning chetlaridan izlab olar edilar). Pishloq, sarid (goʻshtli non), nonni zaytun yogʻi yoki sariyogʻ bilan ham yeganlar.

Agar hech narsa topilmasa, sabr qilardilar — hatto qornilariga tosh bogʻlab yurardilar. Baʼzan sifatsiz xurmoni ham qorin toʻydiradigan darajada topa olmas edilar. U zot ﷺ tortiq qilingan qush goʻshtini yeganlar, ammo uni izlab bormas va ov qilmas edilar.

Taom keltirilganda, yerga dasturxon yozilib, taom uning ustiga qoʻyilar edi; stol ustida yoki maxsus kichik idishda ovqatlanmas edilar.

U zot ﷺ uch barmoq bilan ovqatlanar, baʼzan toʻrtinchisidan ham foydalanar edilar. Bir barmoq bilan yeyishni man qilib: «Bu shaytonning yeyishidir», deganlar; ikki barmoq bilan yeyishni ham: «Bu mutakabbirlarning yeyishidir», deganlar.

Tushib ketgan luqmani olib yeyar va: «Uni shaytonga qoldirmanglar», deb aytar va yana Dasturxondan tushgan narsalarni yigʻib yeyishni buyurib: «Kim shunday qilsa, gunohi magʻfirat qilinadi», deb qoʻyar edilar.

Ovqat boshida Alloh nomini zikr qilardilar, tugatgach hamd aytar edilar. Yonboshlab emas, balki oyoqlarini yerga tirab, tizzalarini bukib, tovonlari ustiga yoki orasiga qoʻyib oʻtirar va: «Men qul kabi yeyman, qul kabi oʻtiraman», der edilar.

Goʻshtni yaxshi koʻrar edilar, ayniqsa qoʻl qismini yoqtirardilar (xatto aynan shu qismga zahar solingan goʻshtni yeb zaharlangan edilar).
Ajva xurmosini, asalni va shirinliklarni xush koʻrganlar. Mevalar ichida uzum va boshqa xoʻl mevalar sevimli edi.

Imom Gʻazzoliy aytadilar: u zot ﷺ tarvuzni non bilan ikki qoʻl ila ushlab isteʼmol qilganlar. Uzum shingilini ogʻziga solib, donalarini tishlab olib yeyar, soʻng bandini chiqarib qoʻyar edilar. Koʻpincha taomlari xurmo va suvdan iborat boʻlgan. Hindibo va rijla (yumshoq koʻkat)ni yaxshi koʻrganlar. Kaltakesak va qora jigarni yoqtirmaganlar, ammo harom demaganlar.

Bir kuni sut va asal bir idishda keltirilganda, uni rad etib:
«Bir idishda ikki xil neʼmatni — men uni yemayman, lekin harom ham demayman, faqat faxrni yoqtirmayman», deganlar.

U zot ﷺ uylarida yeydigan narsani oʻzlari olar, ahli baytidan biror taomni talab qilmas edilar. Oʻzlari istab ham aytmas edilar. Hech qachon yolgʻiz oʻzi ovqatlanmas edilar.

Baliq bilan sutni, sut bilan nordon narsalarni, ikki issiq yoki ikki sovuqni, ikki ogʻir yoki ikki yengil taomni birga yemaganlar. Qovurilgan va qaynatilgan goʻshtni, quritilgan goʻsht bilan yangi xurmoni, sut bilan goʻshtni birga isteʼmol qilmas edilar. Juda issiq, quruq yoki buzilgan taomlarni yemaganlar.

Baʼzi taomlarning zararini boshqasi bilan bartaraf etar edilar: xurmoni sariyogʻ bilan, tarvuz yoki bodringni yangi xurmo bilan. Xurmoni suvga ivitib, uning suvini ichganlar.

Uxlashdan oldin yengil ovqat yeyishni buyurganlar. Ovqatdan soʻng darhol uxlashni man qilib:
«Ovqatlaringizni Allohni zikr qilish bilan eritinglar, ovqat ortidan uxlamanglar — qalblaringiz qotadi», deganlar.

U zot ﷺ uch nafasda suvni simirib ichar, birdan yutmas edilar. Idishga nafas chiqarmas, koʻpincha oʻtirib ichar, zarurat boʻlsa tik turib ham ichganlar. Sovuq ichimlikni yaxshi koʻrib, issigʻini yoqtirmas edilar.

Ichganlaridan ortganini oʻng tarafidagiga uzatar edilar. Agar chap tomondagi yoshi ulugʻ yoki martabasi yuqori boʻlsa ham:
«Bu navbat senga, xohlasang unga ber», der edilar.

Shayx Abdulmajid ibn Muhammad Naqshbandiyning «Al-Hadoiq ul-Vardiyya fiy Ajilla Sadat an-Naqshbandiyya» asaridan Aliakbar Abdullayev tarjimasi

What you can read next

ҲАЗРАТ МАВЛОНО РАШИД АҲМАД ГАНГУҲИЙ РАҲМАТУЛЛОҲИ АЛАЙҲ ВА ИШҚИ РАСУЛ
Ҳазрат Мавлоно Рашид Аҳмад Гангуҳий раҳматуллоҳи алайҳ ва ишқи расул
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 3-оят
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 9-оят
Сингапур Президенти Ҳадис мактаби тингловчилар билан суҳбатлашди
Сингапур Президенти Ҳадис мактаби тингловчилар билан суҳбатлашди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP