SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Majallatul Ahkamul Adliyya asari: Muqaddima: savdo-sotiqqa tegishli fiqhiy istelohlar (atama) bayoni.
31.03.2026 / Bo‘limda Aqida, Maqolalar

Ikkinchi fasl: Qabul iyjobga muofiq kelishi haqida.

77. Oldi- sotti qiluvilarni biri savdoni taklif qilgani paytda aqdga muofiq tarzda ikkinchi taraf qabul qilishi lozimdir. Unga pul yoki sotilayotgan molni ajratish va boʻlish mumkin emas.

Masalan: agar sotuvchi xaridorga “bu materialni yuz soʻmga senga sotdim” desa, mazkur keltirilgan koʻrinishda xaridor qabul qilsa, uning hammasini yuzga oladi. U (xaridor) materialning hammasini yoki yarmisini ellik soʻmga qabul qilishga haqli emas.

Shuningdek, agar sotuvchi unga “bu ikki otni senga uch ming soʻmga sotdim” – desa, xaridor qabul qilsa, u ikki otni uch ming soʻmga oladi. U ularning birini ming besh yuz soʻmga olishga haqli emas.

78. Qabul iyjobga zimnan muofiq boʻlishi kifoya.

Agar sotuvchi xaridorga “bu molni ming soʻmga senga sotdim” desa – va xaridor “bir yarim mingga oldim” – desa savdo mingga bogʻlanadi. Ammo sotuvchi aqd majlisi oʻzgarmasdan turib bu ziyodani qabul qilsa, xaridorga oʻzi ziyoda qilgan pulni berish lozim boʻladi.

Shuningdek, xaridor sotuvchiga “bu molni sendan mingga sotib oldim” desa – sotuvchi “sakkiz yuzga sotdim” – desa savdo bogʻlanib, mingdan ikki yuz kami xaridorga berish lozim boʻladi.

79. Ikki aqdlashuvchining biri adadlanuvchi bir nechta narsalarni bitta bitimda taklif qilsa, ularning har birini alohida – alohida qilib narxini tayin qilsin qilmasin farqi yoʻq – ikkinchi tomon hammasini toʻliq narxi bilan qabul qilishi mumkin.

Lekin u (xaridor) bitimni boʻlib, narxi belgilangan oʻzi xohlagan narsani olishga haqli emas.

Masalan: – agar sotuvchi “bu ikki otni senga uch mingga sotdim: bunisi ming bunisi esa ikki ming” yoki aytsaki, “bularning har biri bir yarim mingdan” desa – xaridor bu ikki otni uch mingga olishi mumkin. Ammo ulardan birini olishga haqli emas.

Shuningdek, sotuvchi “bu uchta har biri mingdan boʻlgan kiyimlarni senga sotdim ” desa – sotuvchi “bittasi mingga” yoki “ikkalasini ikki mingga” – odim desa, savdo bogʻlanmaydi.

80. Oldi – sotti qiluvchilarning biri bir nechta narsalarni zikr qilib ularning har birini pulini bayon qilsa va alohida – alohida iyjob qilsa, ikkinchi taraf narxi belgilangan baʼzilarini qabul qilsa, qabul qilganlarida savdo bogʻlanadi.

Agar sotuvchi bir nechta narsalarni zikr qilib, har biriga alohida narx belgilasa, hamda har biri uchun alohida-alohida ijob (sotish taklifi)ni takrorlasa — masalan: ‘Buni mingga sotdim, bunu ikki mingga sotdim’ desa — unda xaridor xohlaganini belgilangan narxda qabul qilib, sotib olishi mumkin.”    

Mirzayev Kamoliddin Koʻkaldosh OʻMIBYu mudarrisi

What you can read next

ҲИКОЯЛАРДА АКС ЭТГАН “ҚИРҚ ҲАДИС”. ФАРЗАНДЛАРИМИЗ УЧУН...
Қайтим
Имом Сарахсий: Алломалар Қуёши
Имом Сарахсий: Алломалар Қуёши
Янги қонун – диний бағрикенглик ва миллатлараро тотувликнинг ҳуқуқий асосидир
Янги қонун – диний бағрикенглик ва миллатлараро тотувликнинг ҳуқуқий асосидир

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP