SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
23.02.2026 / Bo‘limda Fiqh, Maqolalar

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan ijarada istiqomat qilayotgan talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ijarada istiqomat qilayotgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash tizimi izchil ravishda yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash va moddiy jihatdan koʻmak berish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Mazkur tizim doirasida ijarada yashayotgan talabalar holati muntazam oʻrganilib, ularga amaliy yordam koʻrsatib boriladi.

Shu asosda muborak Ramazon oyi munosabati bilan ijarada istiqomat qilayotgan talabalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari tarqatish tadbiri tashkil etildi. Mazkur xayriya tashabbusi talabalarning ijtimoiy holatini qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, homiylar jalb qilingan holda ularning kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida amalga oshirildi.

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan ijarada istiqomat qilayotgan talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi (1)
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan ijarada istiqomat qilayotgan talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi (2)
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan ijarada istiqomat qilayotgan talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi (3)

Tadbir doirasida ijarada turuvchi, moddiy koʻmakka muhtoj talabalar roʻyxati shakllantirilib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlari — un, yogʻ, novvot, shakar, choy, tuxum, makaron, dukkakli mahsulotlar hamda kundalik ehtiyoj uchun zarur boʻlgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Jarayonga saxovatpesha homiylar faol jalb qilinib, ular tomonidan ajratilgan mablagʻ va mahsulotlar asosida yordam koʻlami yanada kengaytirildi.

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan ijarada istiqomat qilayotgan talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi (4)
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan ijarada istiqomat qilayotgan talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi (5)

Tashkil etilgan ushbu xayriya aksiyasi talabalarning tahsil jarayoniga eʼtiborini yanada oshirish, ularni moddiy qiyinchiliklardan chalgʻitmaslik hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu kabi tashabbuslar yoshlar orasida mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik tuygʻularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bilim yurti rahbariyati homiylarning haqqiga duoi xayrlar qilib, kelgusida ham talabalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ezgu ishlar davom ettirilishini taʼkidladi.

©️ A. Gʻaniyev
«Koʻkaldosh» OʻMIBY maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari

What you can read next

ПАЙҒАМБАР АЛАЙҲИССАЛОМНИНГ ДАЪВАТ УСЛУБЛАРИДАГИ ҲИКМАТЛАР “Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам – икки олам сарвари”
Пайғамбар алайҳиссаломнинг ҳаёлари (ИККИ ОЛАМ САРВАРИ)
ЭНГ ЮҚОРИ НАТИЖА
Энг юқори натижа
Янги қонун – диний бағрикенглик ва миллатлараро тотувликнинг ҳуқуқий асосидир
Янги қонун – диний бағрикенглик ва миллатлараро тотувликнинг ҳуқуқий асосидир

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP