SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
19.02.2026 / Bo‘limda Maqolalar

Mantiq ilmining Islom olami va inson hayotidagi ahamiyati

Asosiy qism

Hech birimizga sir emaski, inson zoti boshqa mavjudotlardan oʻzining tafakkuri va aqli ila ajralib turadi hamda har bir ishdan oldin va har bir voqelikni qabul qilishda oʻz tafakkuridan foydalanadi. Shuning uchun ham inson bir ishni qilishdan oldin yoki maʼlum bir maʼlumotni atrofdagilariga yetkazishdan oldin oʻzidagi bor maʼlumotlarni toʻplaydi hamda oʻz ixtiyori ila maʼlum bir amaliyotni amalga oshiradi. Shu sababli ham insoniyat jamiyatida inson oʻzining xususiyatlari bilan ajralib turadi, hamda har bir insonga shaxsiyat sifatida qaraladi. Albatta aql, idrok, tafakkur kabi istilohlar bu ajralishning asosiy sabablaridandir. Sogʻlom aql va sof tafakkur ila qilingan hukm yoki tasavvur mantiq ilmining maqsadlaridandir. Buning ahamiyati qanchalik muhimligini bilishimiz uchun har bir amalimizning, fikrlarimizning holati, tafakkur hamda idrokimizning sogʻlomligiga bogʻliqligini bilishimizni oʻzi kifoyadir. Ushbu maqola mantiq ilmining ahamiyatini yoritib berishga bagʻishlanib, quyida bu borada umumiy va muxtasar jumlalar joy oldi.

  Mavzuga kirishdan avval mantiq ilmining lugʻaviy maʼnosiga toʻxtalib oʻtsak, mantiq soʻzi arab tilidagi “نَطَقَ” feʼlidan mushtoq qilingan kalima boʻlib, nutq qilmoq, tushunarli soʻzlamoq, murod qilingan narsa yoki voqelikni bayon qilib berishlikka qodirlikdir. Bu ishga qodir boʻlgan mavjudot “notiq” deb ataladi. Sir emaski, tirik mavjudotlar ichida bu sifatga ega boʻlmish mavjudot bu insondir. Shu bois, mantiq ilmida insonga berilgan eng toʻgʻri taʼrif  bu “Inson – notiq hayvondir”. Hayvon soʻzi ham arab tilidan olingan boʻlib tiriklik, yaʼni joni bor tirik jismga nisbatan ishlatilinadigan soʻzdir. Demak inson mantiq ilmining taʼrifiga koʻra “tirik (hayvon) notiq (idrok hamda tafakkur egasi)dir”.

Istilohda esa mantiq bu “المنطق – هو الة القانونية تعصم مراعاتها الذهن عن الخطأ في الفكر” yaʼni “Mantiq bu shunday qonunlar jamlanmasidirki, unga amal qilinganda, zehnni fikrlashdagi xatodan asrovchi vosita boʻladi”[1]. Ushbu taʼrif barcha mantiq ulamolari ittifoq qilishgan umumiy mashhur taʼrifdir. Yaʼni mantiq ilmida shunday qoidalar borki ularga amal qilinsa va toʻgʻri foydalanilsa insonning fikrini xatodan toʻsilishiga sabab boʻladi. Mantiq ilmini asosiy vazifasi tasavvuriy va tasdiqiy ilmlar borasidagi inson fikrini xatodan asrashdir. Dunyoda hech bir inson istefoda qiluvchi ilm yoʻqki tasavvuriy va tasdiqiy ilmdan tashkil topmagan boʻlsa. Bu matematika, fizika yoki boshqa bir ilm sohasi boʻlsin tasavvur va tasdiqdan iboratdir. Avvalda voqelik tasavvur qilinadi, soʻngra u borasida hukm qilinadi. Har bir voqelik idrok etishlik nuqtai nazaridan nazariy va zaruriy boʻladi. Masalan ikkiga ikki qoʻshilishligini bilishlik zaruriy boʻlsa, aqliy izlanishni talab etuvchi idrok nazariy boʻladi. Voqelik borasida tasavvurga olib boruvchi tushuncha taʼrif deb ataladi, tasdiqqa olib boruvchisi esa hujjat deb nomlanadi. Ana shu ikki ilm borasida mantiq aqlga va undan kelib chiqqan qonuniyatlarga tayangan holda bahs yuritadi[2].

         Hozirgi vaqtga kelib dunyo boʻylab bu ilm borasida turli tuman fikrlar mavjud boʻlib, mazkur ilm haqida notoʻgʻri tushunchalar hosil boʻlishiga sabab boʻlmoqda. Baʼzi bir kishilar mantiq haqida soʻz yuritib uning qonuniyatlariga amal qilmaydilar, baʼzilar esa bu ilmni oʻrganmaslikka  chorlashmoqda. Aslida esa, inson zoti dunyoga kelgandan beri unga aqldan koʻra ulugʻroq neʼmat berilmagan. Har bir ishi va har bir hayotining lahzasini inson oʻz aqli ila tafakkur qiladi va maʼlumotlar asosida hayoti va haqiqatlar borasida fikr yuritadi. Insonga sogʻlik berilibdiki uni asrashlik lozim boʻladi, insonga aql kabi ulugʻ neʼmat berilibdiki uni ham xatodan va notoʻgʻri fikrlardan toʻsishlik lozim boʻladi. Inson xohlaydimi yoʻqmi hayotidagi barcha voqeliklar  boshqa bir voqeliklarga dalolat qiladi,  ularni fahmlashlik uchun inson oʻz oʻzidan aql  yuritishlikka muhtoj boʻladi, shu sababli mantiqni inson hayotidan olib tashlashlikning iloji yoʻqdir. Ammo hozirga kunga kelib bu ilm bilan shugʻullanuvchilar soni sezilarli darajada kamaymoqda, buning baʼzi sabablarini Shayx Adham Osimiy oʻzlarining “Miftah fi ulum-al-mantiq”  nomli kitoblarida zikr qiladilar, ular quyidagilardir:

  1. Bu ilmning iboralari jihatidan mushkulligi
  2. Qiziquvchilarning ozligi
  3. Oʻrgatuvchi ustozlarning ozligi
  4. Tahsil olish jarayonida mushkulotlar borligi sababidandir[3].

Albatta yuqoridagi sabablarning har biri oʻzaro bogʻliqdir. Haqiqatan ham, mantiq ilmining iboralarining deyarli barchasi alohida istilohga egadir. Nahv ilmida mufrad nomli atamaning mantiq ilmidagi maʼnosi tamomila boshqachadir. Xabariy jumlalar ham shu borasidandir, yaʼni nahvda mubtado haqida xabar beruvchi marfu’ kalima xabar boʻlsa, mantiqda xabariy jumla deb oʻzining zotida yolgʻon va rostga dalolat qiluvchi jumlaga nisbatan qoʻllaniladi. Qiziquvchilarning ozligi asosan ikki sabab tufayli yuzaga keldi. Dastlabki sabab insonlarning oʻzlarining ixtiyorlariga bogʻliq boʻlsa, keyingisi esa hozirgi zamon insonlarining mantiq ilmini asosiy manbalarini tushunishda qiyinchilikka yoʻliqqanlari uchundir. Aynan shu sababli bugungi kunda mantiq sohasi insonlarning fahmlari koʻtara oladigan zamonga xos manbalarga muhtojdir. Yuqoridagi kamchiliklarga qaramasdan, mantiq ilmi rivojlanishda davom etmoqda va insoniyat har davom muhtoj boʻlib keladigan ilmning turlaridandir.

Al-Azhar oliy oʻquv yurtining bosh mudirlari boʻlmish Shayx Ahmad Toyyib esa, bu ilmning muhimligi haqida quyidagilarni aytadilar: “Ikki jihat borki insonni bu koinotda boshqa mavjudotlardan ajratib turadi. Bular aql, tafakkur hamda kalom va lugʻatdir[4]”. Hamda mantiqda lafzlarga ham alohida eʼtibor qaratilishining asosiy sabablarini ham keltirib oʻtadilar: “Avvalo mantiq ilmida lafzlar ahamiyatli jihatidan birinchi maqomda emasdir, balki u insonlar oʻrtasida fikr almashuvida maʼnolarni uzatib beruvchi vositachidir”[5]. Shu bois mantiq ilmida aytiladi “lafzning mavjud boʻlishligi, maʼnoning mavjud boʻlishligidir”. Haqiqatdan ham bu soʻzlar katta ahamiyatga egadir. Chunki ijtimoiy hayotda insonlar asosan maʼlumotlarni nutq orqali yetkazishadi. Nutqlarimiz kalomdan, kalom esa lugʻatlardan tashkil topgandir, lugʻatlarning esa oʻz maʼnosi bordir. Har bir jarayonda insonning tafakkuri uning maʼlumotini tuzuvchisidir. Shu sababli sogʻlom fikr, sogʻlom maʼlumot garovidir. Ayniqsa hozirgi vaqtda, turli tuman gʻoyalar tarqalayotgan davrda aqliy qoidalarni bilishlik insonni xatolardan va yolgʻonlardan toʻsuvchi omil boʻladi.

Muqaddas Islom dinida ham bu ilmga alohida eʼtibor qaratilgandir. Qurʼoni karimda Alloh taolo Sod surasi 29-oyatda aytadi:

{ كِتَابٌ أَنزَلْنَاهُ إِلَيْكَ مُبَارَكٌ لِّيَدَّبَّرُوا آيَاتِهِ وَلِيَتَذَكَّرَ أُولُو الْأَلْبَابِ }  

Yaʼni “(Ey Muhammad! Ushbu Qurʼon) oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari  uchun Biz Sizga nozil qilgan muborak Kitobdir”[6]. Islom dinida ilm qismlarga ajratilmagandir, ammo ilm soʻzi mushtarak boʻlgani uchun har xil maʼnolarda qoʻllaniladi. Avvalo asl ilm, azaliy ilm egasi boʻlmish Alloh taologa xos boʻlsa, inson undan oʻz nasibasini oluvchi, hamda u borasida tafakkur qilib ilohiy maʼrifat va taqvoni maqsad qiluvchi bandadir. Mantiq ilmi ham haqiqatga erishishning kalitlaridan biridir. Islom dinida xususan sharʼiy ilmlarda mantiqning oʻrni beqiyosdir. Imom Gʻazzoliy aytganlaridek: “Kim mantiqni bilmasa, uning ilmiga ishonch yoʻqdir”. Baʼzi ulamolarning bu ilmning oʻrganishlikdan qaytarishliklari oʻsha davrdagi turli adashgan toifalar tomonidan islom aqidasiga zid fikrlarni tarqalishi sababidan boʻlgan. Ammo ziddan qaytarish asldan qaytarish boʻlmaganligi uchun, ulamolar tomonidan insonlar uchun bu ilmni oʻrganishlik joiz, mutaxasislik uchun esa vojib darajasiga koʻtarilgan. Imom Abu Nasr Farobiy hamda Ibn Sino kabi yetuk allomalarimiz esa bu ilmni arab tili kabi barcha ilmlarni kaliti deb hisoblashgan. Mantiq ilmi rivojlanishi bilan birga islom olamida ilmi-kalom, usul-al-fiqh, balogʻat, matematika, tibbiyot, nahv va boshqa shu kabi ilmlar ham rivojlandi. Kalom ilmida mantiqning oʻrnini olamning hodis emasligi, ilohning mavjudligi kabi masalalar koʻtarilgani va bu masalalarga mantiqiy yondashilinganidan bilib olsak ham boʻladi. Usul-al-fiqhda esa fiqhiy qoidalar buning yorqin namunasidir. Ahkom al-Qurʼon ilmida ham sharʼiy ahkomlarni tushunishda kulliy hamda juzʼiy dalolatlarni ajrata olishlik oʻta muhimdir. Mustalah al-hadis ilmida esa roviylarga berilgan taʼriflar, isnod zanjirlariga alohida eʼtibor qaratiladi, albatta bu jarayon va maʼlumotlarni anglashlikda oʻtkir fahm va sogʻlom mantiq zarurdir. Matematika, tibbiyot, hamda astronomiya, muhandislik kabi ilmlarda Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Fargʻoniy, Al-Jazariy kabi olimlarning asarlari hanuzgacha oʻrganilib kelinmoqda. Bu orqali mantiq ilmining har bir sohada zarur ekanligini bilib olish mumkin. Shu bois islom dinining bu ilmni rivojlanishiga hissasi beqiyosdir.

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, mantiq ilmi yillar davomida shakllanib rivojlanib borayotgan ilm sohasidir. Insoniyat har zamon va har makon unga muhtojligi uning ahamiyatli ekaniga dalolat qiladi. Hozirgi zamonaviy statistik tadqiqotlarga ham tayanadigan boʻlsak dunyo boʻylab qidiralayotgan ishchilar ichida 57 % ni mantiqiy fikrlashi va dunyoqarashi keng boʻlgan ishchilar tashkil qilayotgan boʻlsa, 69 % ni analitik tahlil qilish qobiliyatiga ega insonlar tashkil qilmoqda. Bu koʻrsatkich sonlar orqali jamiyatning mantiqiy fikrlash egalariga qanchalar muhtojligini bayon etmoqda. Qolaversa, turli turdagi yod gʻoyaviy tushunchalar keng tarqalayotgan davrda, mantiq ilmi inson zehnni uchun mustahkam immunitet vazifasini bajaradi. Bu maqoladan qilingan asosiy maqsad ham mantiq ilmining zarurligini bayon qilib berish edi.

Oʻktamov Amriddin Sirojiddin oʻgʻli

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabasi

Muharrir: mudarris Boyxoʻrozov Xurshid

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Adham Osimiy. Miftah fi ilmul mantiq. –Damashq: Darul fikr, 2024. –64 b.
  2. Mustafo Hafiz Xorazmiy. Mantiq ilmi asoslari. –Toshkent: Hilol nashr, 2025. –216 b.
  3. Ahmad Toyyib. Madhal fi ilmil qodim. –Qohira: al-Hukamau-l-nashr, 2024. –224 b.
  4. Shayx Abdulaziz Mansur. Qurʼoni karim maʼnolari tarjimasi va tafsiri. –Toshkent: Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markazi, 2020. –624 b.

[1] Adham Osimiy. Miftah fi ilmul mantiq. –Damashq: Darul fikr, 2024. –B 9

[2] Mustafo Hafiz Xorazmiy. Mantiq ilmi asoslari. –Toshkent: Hilol nashr, 2025. –B 42

[3] Adham Osimiy. Miftah fi ilmul mantiq. –Danashq: Darul fikr, 2024. –B 7

[4] Ahmad Toyyib. Madhal fi ilmil qodim. –Qohira: al-Hukamau-l-nashr, 2024. –B 14

[5] Ahmad Toyyib. Madhal fi ilmil qodim. –Qohira: al-Hukamau-l-nashr, 2024. –B 25

[6] Shayx Abdulaziz Mansur. Qurʼoni karim maʼnolari tarjimasi va tafsiri. –Toshkent: Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markazi, 2020 –B 455

What you can read next

Oliy himmatning xususiyatlari.
Ҳиммати паст кишининг аҳволи
Қурбонликдан мақсад – Аллоҳга бўлган тақвони намоён этиш
Қурбонликдан мақсад – Аллоҳга бўлган тақвони намоён этиш
Каъба
Каъба

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP