SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Talabalar bilan odob-axloq yigʻilishi oʻtkazildi
13.02.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Talabalar bilan odob-axloq yigʻilishi oʻtkazildi

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida 4-kurs talabalari bilan odob-axloq masalalariga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy suhbat oʻtkazildi.

Talabalar bilan odob-axloq yigʻilishi oʻtkazildi (1)
Talabalar bilan odob-axloq yigʻilishi oʻtkazildi (2)
Talabalar bilan odob-axloq yigʻilishi oʻtkazildi (3)

Mazkur uchrashuvda taʼlim muassasasi mudiri, PhD Maʼmurjon Erkayev, oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari Djalolov Nodir domla hamda Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi Farhod Asatullayev ishtirok etdilar.

Suhbat davomida talabalarning shaxsiy fazilatlari, ichki madaniyati va kelajakdagi kasbiy faoliyatida odob-axloqning tutgan oʻrni atroflicha muhokama qilindi. Taʼlim muassasasi rahbariyati 4-kurs talabalari bilan ochiq muloqot olib borib, ularning fikr va mulohazalarini tingladi.

Talabalar bilan odob-axloq yigʻilishi oʻtkazildi (4)
Talabalar bilan odob-axloq yigʻilishi oʻtkazildi (5)
Talabalar bilan odob-axloq yigʻilishi oʻtkazildi (6)

Uchrashuv jarayonida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:

🔹darslarga oʻz vaqtida qatnashish;
🔹taʼlim muassasasi ichki tartib-qoidalariga qatʼiy rioya qilish;
🔹muomala madaniyatiga amal qilish;
🔹jamoat joylarida oʻzini tutish odobi;
🔹ilm olishda ixlos va masʼuliyatni kuchaytirish.

Muassasa mudiri tomonidan talabalarga kelgusida diniy-maʼrifiy sohada faoliyat olib borishda yuqori axloqiy fazilatlar asosiy mezon boʻlishi taʼkidlandi. Shuningdek, bitiruvchi kurs talabalari jamiyat oldida masʼuliyatli, namunali va yetuk shaxs boʻlib shakllanishi zarurligi qayd etildi.

Suhbat yakunida talabalarga oʻz ustida muntazam ishlash, odob-axloq masalalarida yanada eʼtiborli boʻlish hamda taʼlim muassasasining shaʼniga munosib boʻlish borasida tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv 4-kurs talabalarining maʼnaviy-axloqiy kamolotini mustahkamlash, ularda yetuklik va masʼuliyat tuygʻusini yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri boʻldi.

«Koʻkaldosh» OʻMIBY Oʻquv-uslubiy boʻlimi

What you can read next

Қай бири қадимийроқ?
Қай бири қадимийроқ?
Мадинадаги Қуръон мусобақасида иштирок этувчи қориларимиз сафарга отланди
Мадинадаги Қуръон мусобақасида иштирок этувчи қориларимиз сафарга отланди
Каъба ёпинчиқидаги ёзувлар
Каъба ёпинчиқидаги ёзувлар

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP