SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
13.02.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda faol qatnashishdi

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Burhoniddin Margʻinoniy ilmiy merosining zamonaviy islom maʼrifatidagi oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Mazkur anjuman hanafiy fiqh maktabining buyuk namoyandasi, «Hidoya» asari muallifi Burhoniddin Margʻinoniyning boy ilmiy-maʼnaviy merosini har tomonlama tadqiq etish, uning huquqiy, axloqiy va ijtimoiy-falsafiy qarashlarini bugungi globallashuv sharoitidagi diniy-maʼrifiy jarayonlar bilan uygʻunlashtirishga bagʻishlandi.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda faol qatnashishdi (1)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda faol qatnashishdi (2)

Anjumanda Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari faol ishtirok etdi. Ular maʼruzalarni tinglab, ilmiy muhokamalarda qatnashdilar, fikr-mulohazalar bildirdilar hamda Margʻinoniy merosining zamonaviy islom taʼlimi tizimidagi ahamiyati yuzasidan oʻz qarashlarini bayon etdilar. Ayniqsa, yosh avlod ongiga hanafiylik taʼlimotidagi bagʻrikenglik, adolat, murosalilik va ijtimoiy masʼuliyat kabi tamoyillarni singdirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Anjumanda Oʻzbekiston va Afgʻonistonning nufuzli ilmiy va diniy-maʼrifiy muassasalaridan yetakchi olimlar, islomshunoslar, fiqh mutaxassislari hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi. Xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan Margʻinoniy asarlarining islom huquqi rivojidagi oʻrni, «Hidoya»ning fiqh ilmidagi nufuzi, shuningdek, uning asarlarini zamonaviy tadqiqot metodlari asosida oʻrganish masalalari yuzasidan ilmiy maʼruzalar taqdim etildi.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda faol qatnashishdi (3)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda faol qatnashishdi (4)

Konferensiya doirasida Margʻinoniy merosining zamonaviy huquqiy tizimni takomillashtirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va yoshlar tarbiyasida maʼnaviy asos sifatida foydalanish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar Margʻinoniy asarlari bugungi kunda ham oʻz dolzarbligini yoʻqotmaganini, ularni chuqur oʻrganish, tarjima qilish va keng jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladilar.
Mazkur anjuman ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va islomshunoslik sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni boʻlib xizmat qildi.

Saidakramov Saidazimxon Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi

What you can read next

“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам қиёматда менга шафоатчи ва гувоҳ бўлсинлар, десангиз...” туркумидан
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам қиёматда менга шафоатчи ва гувоҳ бўлсинлар, десангиз…” туркумидан 17- ҳадис
“2023-ЙИЛ САРҲИСОБИ” тадбири ўтказилди
“2023-ЙИЛ САРҲИСОБИ” тадбири ўтказилди
Адабиётимизнинг етук намоёндалари
Ота-боболаримиз йўли

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP