Bugun talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida infografik maʼlumot taqdim etildi. Unda konstitutsiya qabul qilingan tarixiy kun, oʻsha davrdagi siyosiy vaziyat va yangi tahrirdagi holati haqida batafsil yoritib berildi.




Shuningdek, Lex.uz platformasidagi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 1-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-837-son qonuni, “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi” Yagona milliy portali – www.meningkonstitutsiyam.uz hamda maʼlumotlarni foydalanuvchilar uchun qulay, zamonaviy shakllarda taqdim etuvchi www.constitution.uz loyihasi bilan yaqindan tanishtirildi.



Maʼlumot oʻrnida, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan. 6 boʻlim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat.
Taqdimot orqali talabalar Konstitutsiya haqida chuqur nazariy va amaliy bilimga ega boʻlishlari hamda milliy qadriyatlarga mehr va yurt ravnaqiga daxldorlik tuygʻusini yanada mustahkamlash maqsad qilindi. Mazkur jarayonda talabalarning faol ishtiroki koʻzlangan maqsadga erishishda muhim omil boʻldi.
Bekjon Qurbonov
“Koʻkaldosh” OʻMIBY oʻqituvchisi





