“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtining 2-kurs talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy rivojlanish boʻyicha ikkinchi Butunjahon sammitidagi ishtiroki haqida tahliliy axborot berildi.
Talabalarga sammitda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan takliflar: kambagʻallikka qarshi kurashning yangi bosqichi, bandlik masalasini zamonaviy mexanizmlar bilan hal etish, taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish, mehnat muhojirlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyalash va bugungi kunda tobora ogʻirlashayotgan iqlim muammolari atroflicha tahlil qilib berildi.
Talabalarning ham fikr-mulohazalari tinglandi.Oʻqituvchi B.Qurbonov tomonidan global ijtimoiy taraqqiyot uchun muhim platforma boʻlgan sammitning aynan Qatar poytaxti Doha shahrida oʻtkazilayotgani katta ramziy maʼnoga ega ekanligini taʼkidlanib, Qatar xalqaro arenada mediator figuraga aylanib borayotganligi yaqin oʻtmishdagi misollar yordamida eslatildi.Mavzuga doir infografik maʼlumotlar bilan birga yurtimiz barqaror taraqqiyot sari barcha xalqaro hamkorlik formatlari va tashabbuslarini doim qoʻllab-quvvatlashi, konstruktiv muloqot tamoyillari asosida ijtimoiy barqarorlik, mintaqaviy tinchlikni taʼminlash va millatlararo totuvlikni mustahkamlash yoʻlida tizimli ish olib borayotganligi haqida ham soʻz yuritildi.
Abdusattoriy Abdulloh“Koʻkaldosh” OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimi






