30-aprel kuni «Koʻkaldosh»oʻrta maxsus islom bilim yurtida «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursining navbatdagi 56-davra mashgʻulotlari yakunlandi.







Yigʻilishda bilim yurti oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari Nodir Djalolov, oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi Farhod Asatullayev, «Qurʼon karim va tajvid» oʻquv kursi ustozlari Xurshid Boyxoʻrozov, Yusuf Xushvaqtov, Abdurazzoq Isaqov va Jasur Koʻpaysinovlar ishtirok etishdi.
Yigʻilishda bilim yurti oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari Nodir Djalolov bitiruvchilarni mazkur kursni tugatganliklari bilan muborakbod etib, Qurʼoni karim tilovat qiluvchi va hofizi Kalomullohlarning fazilatlari, ularning Alloh taolo huzuridagi va barcha maxluqotlarning orasidagi darajalari haqida bayon qilib berdi hamda «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursi bitiruvchilariga berilgan sertifikat diniy taʼlim berishga hech qanday qonuniy asosga ega emasligini taʼkidlab oʻtdi va ularga kelgusi faoliyatlarida omad tilab oʻz soʻzini tugatdi.
Mazkur bosqich tinglovchilariga bilim yurti tomonidan «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursini yakunlanganini tasdiqlovchi sertifikatlar hamda sovgʻa sifatida Qurʼoni karim musʼhafi topshirildi.
Mazkur yigʻilishda boʻlgan ustozlar bitiruvchilarga omad tilab ularning haqqilariga duoi xayrlar qildilar.
N. SHARIPOV, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti «Qurʼon karim va tajvid» oʻquv kursi uslubchisi






