SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga Turkiyaning Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid Muhammad Hoshim al-Juzjoniy tashrif buyurdi
25.04.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga Turkiyaning Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid Muhammad Hoshim al-Juzjoniy tashrif buyurdi

Bugun, 25 aprel kuni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida yurtimizda va xalqaro miqyosda tanilgan Turkiyaning nufuzli ilmiy dargohlaridan biri boʻlgan Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid Muhammad Hoshim al-Juzjoniy tashrif buyurdi. Tashrif davomida bilim yurtimizda tahsil olayotgan talabalar va dars berayotgan ustozlar uchun ochiq ilmiy-maʼrifiy suhbat tashkil etildi.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga Turkiyaning Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid Muhammad Hoshim al-Juzjoniy tashrif buyurdi (1)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga Turkiyaning Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid Muhammad Hoshim al-Juzjoniy tashrif buyurdi (2)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga Turkiyaning Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid Muhammad Hoshim al-Juzjoniy tashrif buyurdi (3)

Tadbirni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Maʼmurjon domla Erkayev ochib berdi. U oʻz soʻzida bunday ilmiy uchrashuvlarning ahamiyatini alohida taʼkidlab, ulamolarimiz merosini chuqur oʻrganishda xalqaro ilmiy hamkorlik va tajriba almashuvining muhimligini qayd etdi. Soʻngra u ilmiy suhbatni olib borish uchun soʻz navbatini mehmon Abdulmajid Muhammad Hoshim al-Juzjoniyga topshirdi.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga Turkiyaning Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid Muhammad Hoshim al-Juzjoniy tashrif buyurdi (4)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga Turkiyaning Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid Muhammad Hoshim al-Juzjoniy tashrif buyurdi (5)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga Turkiyaning Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid Muhammad Hoshim al-Juzjoniy tashrif buyurdi (6)

Abdulmajid al-Juzjoniy oʻz chiqishida “Hanafiy mazhabi fiqhiy kitoblarida keltirilgan hadislarga bir nazar: Imom Margʻinoniyning ‘Hidoya’ kitobi misolida” mavzusida atroflicha maʼruza qildi. U mashhur hanafiy faqihi Imom Margʻinoniy rahmatullohi alayhining “Hidoya” asaridagi hadislardan namunalar keltirib, ularning fiqhiy maʼnodagi oʻrni, sanad va matn jihatdan ishonchliligi, ulamolar tomonidan qilingan sharhlar va izohlar haqida mufassal tushunchalar berdi. Ayniqsa, hadislarning fiqhiy masalalardagi dalillik darajasi, ularni qoʻllashdagi uslublar va hanafiy mazhabidagi ijtihodiy yondashuvlarga urgʻu berdi.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga Turkiyaning Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid Muhammad Hoshim al-Juzjoniy tashrif buyurdi (7)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga Turkiyaning Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid Muhammad Hoshim al-Juzjoniy tashrif buyurdi (8)

Tadbir samimiy, ilmiy ruhda oʻtdi va barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tashrif soʻngida Koʻkaldosh bilim yurti maʼmuriyati mehmon ilm egasiga minnatdorchilik izhor etdi va kelgusida ham shunday ilmiy uchrashuvlar davom etishiga umid bildirdi.

Saidazimxon SAIDAKRAMOV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Кўкалдош ўрта махсус ислом билим юртида қишки таътилдан сўнг ўқув жараёнлари бошланди
Кўкалдош ўрта махсус ислом билим юртида қишки таътилдан сўнг ўқув жараёнлари бошланди
Сурхондарёда “Имом Термизий” номидаги ўрта махсус ислом таълим муассасаси ташкил этилди
Сурхондарёда “Имом Термизий” номидаги ўрта махсус ислом таълим муассасаси ташкил этилди
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ва саҳобалар ўртасидаги суҳбат
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Мадинада олиб борган ишлари

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP