SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi Mahmudxoʻja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bagʻishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya toʻplamida oʻz maqolasi bilan ishtirok etdi
27.02.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi Mahmudxoʻja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bagʻishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya toʻplamida oʻz maqolasi bilan ishtirok etdi

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti 1-kurs talabasi Abdumalikov Raxmatulloh Abduqahhor oʻgʻli Mahmudxoʻja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bagʻishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida «Turkiston jadidlarining Islom dini va maʼrifatga qoʻshgan hissalari» nomli ilmiy maqolasi bilan qatnashdi.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi Mahmudxoʻja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bagʻishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya toʻplamida oʻz maqolasi bilan ishtirok etdi (1)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi Mahmudxoʻja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bagʻishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya toʻplamida oʻz maqolasi bilan ishtirok etdi (2)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi Mahmudxoʻja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bagʻishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya toʻplamida oʻz maqolasi bilan ishtirok etdi (3)

Mazkur konferensiya yurtimizda jadidchilik harakati va uning islom dini hamda maʼrifatga qoʻshgan hissasini ilmiy asosda oʻrganish, Mahmudxoʻja Behbudiyning boy ilmiy-maʼrifiy merosini keng targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan. Konferensiyada olimlar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etib, jadidchilik harakatining milliy va diniy tafakkur rivojidagi oʻrni xususida muhokamalar olib borildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Mahmudxoʻja Behbudiy XX asr boshlarida Turkiston jadidchilik harakatining yetakchi namoyandalaridan biri boʻlib, islom dini, taʼlim-tarbiya va maʼrifat rivoji yoʻlida katta xizmatlar qilgan ziyolilar sirasiga kiradi. Uning faoliyati millatni jaholatdan chiqarish, yangi zamonaviy maktablar ochish va diniy-maʼrifiy sohani isloh qilishga qaratilgan edi.

Behbudiy islom dini rivoji uchun oʻzgacha yondashuvlar zarurligini taʼkidlab, shariat ilmlarini zamonaviy dunyoqarash va fan bilan uygʻunlashtirishga intilgan. U anʼanaviy madrasa taʼlimining kamchiliklarini koʻrsatib, bolalarga mantiq, matematika, geografiya, tarix va arab tilini chuqur oʻrgatish zarurligini ilgari surgan. Uning asosiy maqsadi islom dinini toʻgʻri tushuntirish, musulmonlarning ilmiy saviyasini yanada oshirish va ularni zamon bilan hamqadam qilish edi.

Behbudiy oʻzining «Padarkush», «Rohbari najot» kabi asarlarida ham islomiy ong va maʼrifatni rivojlantirish gʻoyalarini ilgari surgan. U Turkiston xalqlari orasida savatxonlik darajasini oshirish, yosh avlodni ilm-maʼrifatga yoʻnaltirish va shariat ilmlarini yangicha oʻqitish tarafdori boʻlgan.

Talabamiz oʻz maqolasida jadidchilik harakatining bugungi kun uchun ham dolzarb ekanini, Behbudiy va uning safdoshlari boshlab bergan ilmiy-maʼrifiy harakat hozirgi yoshlar uchun ham oʻrnak boʻlishi kerakligini qayd etgan.

Uning ushbu tadqiqoti konferensiya ishtirokchilari tomonidan eʼtirof etilib, jadidchilik va islom dini mavzusida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga qoʻshilgan muhim hissalardan biri sifatida baholandi.

Ushbu yutuq Abdumalikov Raxmatulloh uchun katta tajriba boʻlishi bilan birga, Koʻkaldosh bilim yurti talabalari orasida ilmiy izlanishlar olib borish va ilmiy anjumanlarda ishtirok etish anʼanasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

A.Gʻaniyev
Koʻkaldosh OʻMIBY maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari

What you can read next

Аллоҳ таоло ва Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг насиҳатларини лозим тутиш
Аллоҳ таоло ва Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг насиҳатларини лозим тутиш
Ilmiy izlanishlar samarasi: bilim yurtining toʻrt nafar ustoz va xodimlari magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
Ilmiy izlanishlar samarasi: bilim yurtining toʻrt nafar ustoz va xodimlari magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
Нафл намози: шуруқ ва зуҳо намозлари
Нафл намози: шуруқ ва зуҳо намозлари

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP