SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Ilmiy izlanishlar samarasi: bilim yurtining toʻrt nafar ustoz va xodimlari magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
13.06.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Ilmiy izlanishlar samarasi: bilim yurtining toʻrt nafar ustoz va xodimlari magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtining toʻrt nafar oʻqituvchi va xodimlari magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, ilmiy-tadqiqot faoliyatida muhim natijalarga erishdilar hamda ilm-fan yoʻlidagi navbatdagi muhim bosqichni zabt etdilar.

Ilmiy izlanishlar samarasi: bilim yurtining toʻrt nafar ustoz va xodimlari magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi (1)
Ilmiy izlanishlar samarasi: bilim yurtining toʻrt nafar ustoz va xodimlari magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi (2)
Ilmiy izlanishlar samarasi: bilim yurtining toʻrt nafar ustoz va xodimlari magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi (3)

Jumladan, bilim yurti Taʼlim sifatini nazorat qilish sektori bosh mutaxassisi S. Saidakramov Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Islom huquqi (yurisprudensiya)” mutaxassisligi boʻyicha “Koʻchmas mulklarning ijara shartnomasiga oid meʼyorlar tahlili” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Tadqiqotda koʻchmas mulk ijarasi bilan bogʻliq huquqiy va fiqhiy meʼyorlar oʻrganilib, ularning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil etildi.

Ilmiy izlanishlar samarasi: bilim yurtining toʻrt nafar ustoz va xodimlari magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi (4)
Ilmiy izlanishlar samarasi: bilim yurtining toʻrt nafar ustoz va xodimlari magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi (5)

Shuningdek, bilim yurtimiz kutubxona xodimi Toshkent islom instituti magistratura boʻlimining ilk bitiruvchilari qatorida M. Madrahimov “Imom Dorimiyning «Sunan» kitobidagi savdo masalalariga oid hadislarning tahlili” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Tadqiqotda Imom Dorimiyning «Sunan» asarida keltirilgan savdo-sotiqqa oid hadislar ilmiy jihatdan tahlil qilinib, ularning fiqhiy ahamiyati hamda zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlardagi oʻrni yoritib berildi.

Ilmiy izlanishlar samarasi: bilim yurtining toʻrt nafar ustoz va xodimlari magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi (6)
Ilmiy izlanishlar samarasi: bilim yurtining toʻrt nafar ustoz va xodimlari magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi (7)

Bilim yurti oʻqituvchisi B.Xoldorov Oriental xususiy universiteti magistratura yoʻnalishida «Arab xalq maqollarida ayol konsepti» mavzusida magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. ushbu dissertatsiyada arab xalq maqollari materiallari asosida “ayol” konseptining lingvomadaniy modeli konseptologik, kognitiv-semantik va lingvokulturologik yondashuvlar integratsiyasida rekonstruksiya qilinib, uning semantik, aksiologik va obrazli qatlamlari yoritib berildi.
Bilim yurti Qurʼoni karim va tajvid oʻquv kursi oʻqituvchisi A.Bannayev «Mahmud Zamaxshariyning «Atvoq uz-zahab» asari va uning falsafa tarixi manbashunosligidagi oʻrni» mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasida muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bugungi kunda bilim yurtida pedagog-xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish hamda ilmiy daraja va ilmiy unvonlar olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ustozlarning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, malakasini muntazam oshirib borish va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar olib borishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratilayotgani oʻz samarasini bermoqda.
Mazkur muvaffaqiyatlar nafaqat ustozlarning shaxsiy yutugʻi, balki bilim yurtida olib borilayotgan taʼlim, ilm-fan va maʼrifat sohasidagi tizimli islohotlarning amaliy natijasi hamdir. Ishonch bildiramizki, ustozlarimizning kelgusidagi ilmiy izlanishlari ham yurtimiz ilm-fani ravnaqiga munosib hissa qoʻshib, yosh avlodning yetuk mutaxassis va komil insonlar boʻlib kamol topishiga xizmat qiladi.
Bilim yurti jamoasi nomidan ustozlarimizni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam salomatlik va yangi zafarlar tilaymiz.

«Koʻkaldosh» OʻMIBY Oʻquv-uslubiy boʻlimi

What you can read next

УБАЙДУЛЛОҲ ИБН МАСЪУД СОДРУШ ШАРИЪАНИНГ ИЛМИЙ МЕРОСИ
Убайдуллоҳ ибн Масъуд содруш шариъанинг илмий мероси
Мутасадди раҳбарлар қабул жараёни билан танишди
Мутасадди раҳбарлар қабул жараёни билан танишди
Қорилар мусобақаси бугун Сурхондарёда
Тиловат одоби

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP