SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi
04.12.2024 / Bo‘limda Yangiliklar

Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi

Bugun, 4-dekabr kuni, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori, (PhD) Erkayev Mamurjon domla boshchiligida 3-sonli mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi.

Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi (1)
Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi (2)
Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi (3)
Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi (4)
Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi (5)
Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi (6)
Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi (7)
Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi (8)
Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi (9)
Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi (10)

Yigʻilish Qurʼoni karim tilovati va uning ketidan qilingan xayrli duolar bilan boshlandi.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Erkayev Mamurjon domla kirish soʻzi bilan kengashni ochib berdi va majlisga yigʻilganlarga Mudarrislar kengashining kun tartibi bilan tanishtirdilar. Erkayev Mamurjon domla bilim yurtida yaqin kunlarda boʻlib oʻtadigan attestatsiya jarayoniga barcha asosiy hamda soatbay mudarrislar va bilim yurti boʻlim boshliqlari puxta tayyorgarlik koʻrishlari, attestatsiyada qatnashish uchun kerakli  hujjatlarni tartibga keltirish kerakligini aytib oʻtdilar.

Soʻng Mudarrislar kengashining kun tartibidan oʻrin olgan birinchi masala “Birinchi yarim yillik oraliq nazorat monitoringini tashkil etish va tahlil qilish” boʻlib, uni tahlili va tafsilotlarini Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari Nodir domla Djalolov kengashga yigʻilgan mudarrislarga yetkazdi. Undan tashqari kun tartibidan joy olgan “Yagona fanlar olimpiyada 1-bosqichini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish” masalasi ham koʻtarilib fan oʻqituvchilariga bitirivchi talabalar orasidan mazkur fan olimpiadasida qatnashish istagi boʻlganlarni saralab olish va ularga kerakli tavsiyalar berilishi kerakligi aytib oʻtildi.

Kun tartibidan joy olgan masala “Guruh rahbarlari faoliyati samaradorligining tahlili”ni “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi” boshligʻi A.Ganiyev guruh rahbarlariga oʻzlari rahbarlik qilayotgan talabalarning odob-axloqi, tartib-intizomga rioya qilishlari hamda talabalarning ota-onalari bilan yaqin aloqa oʻrnatib, ular bilan hamkorlikda ishlab, ularni farzandlarining holatidan xabardor qilish kerakligi haqida tavsiya berdi.

Yigʻilish yakunida bilim yurti mudarrisi Karimov Toʻlqinjon domla majlis qatnashgan barcha jamoa ahliga gʻoyatda masʼuliyatli, ammo sharafli vazifalarini toʻlaqonli amalga oshirishlarida Yaratgandan kuch-quvvat, salomatlik va omadlar tiladi va xayrli duolar qildi.

«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati

What you can read next

“Агар устоз рози – Тангри розидур”
Набий алайҳиссаломнинг икки қўшнилари
Muborak Umra – munosib ragʻbat
Muborak Umra – munosib ragʻbat
1-oktabr — oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi
1-oktabr — oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP