SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Shayx Sayf ibn Ali al-Asriy
14.10.2024 / Bo‘limda Yangiliklar

Shayx Sayf ibn Ali al-Asriy

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bulgʻor islom akademiyasi Ilohiyot kafedrasi oʻqituvchisi Sayf ibn Ali ibn Muhammad Ali al-Asriy 1975 yilda Yamanning Haj viloyatida tavallud topgan.

1979 yilda oilasi bilan Jidda shahriga koʻchib kelgan va oʻn yil oʻsha yerda istiqomat qilgan. Dastlabki diniy taʼlim va Qurʼoni karimdan saboqlarini aynan shu joyda olgan.

1989 yili vatani Yamanga qaytib, ilm tahsilini davom ettirgan. Shayx Abdulmajid Zindoniy rahbarlik qiladigan “Imon” universitetiga oʻqishga kirgan. Shayx Sayf ibn Ali al-Asriy Shayx Sodiq al-Iroqiy, Shayx Mustafo Banjaviy, Shayx Solih Asmiriy kabi ulugʻ ustozlarda taʼlim oldi.

2000 yilda universitetning bakalavr bosqichini tamomlab, Qatar poytaxti Doha shahrida magistraturani davom ettirgan.

2001-2007 yillar davomida Qatar fatvo qoʻmitasida faoliyat olib borgan.

2007 yildan hozirga qadar Birlashgan Arab Amirliklarining fatvo qoʻmitasida faoliyat olib bormoqda. Ushbu muddat orasida BAAdagi Muhammad V universitetida doktorlik darajasini olgan.

BAA poytaxti Abu Dabidagi Shayx Zoyid universitetida ham toʻrt yil mudarrislik qilgan.

Doktor Sayf ibn Ali ibn Muhammad Ali al-Asriy hazratlari koʻplab asarlar muallifi sanaladi. Xususan, “Yaxshi ong va fuqarolikning shakllanishida fatvoning oʻrni”, “Qursalik olimlar va ularning ilm va daʼvatdagi oʻrni”, “Imom Moturidiyning sifat oyatlari haqidagi manhaji” “Imom Ashʼariy aqida ilmida uch bosqichdan oʻtganmi?” “Zamonaviy fatvolar bilan bogʻliq muammolar va ularni bartaraf etish choralari”, “Fiqh va tasavvuf oʻrtasidagi robita va uning oila va jamiyatga taʼsiri” “Islomdagi mazhablarning paydo boʻlishi va rivojlanishi” shular jumlasidan.

Ayniqsa olimning ahli sunna val jamoa aqidasini turli botil aqidalardan himoya qilib yozgan “Alqovlut tam bi isbatit tafvizi mazhabaa lis salafil kirom”, “Al-Ashaʼiro val-Matrudiya hum savodul aʼzam” asarlari dolzarbligi bilan alohida ajralib turadi.

Bugungi kunda Shayx Sayf ibn Ali al-Asriy Bulgʻor islom akademiyasida turli islomiy fanlardan dars berib kelmoqda.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

What you can read next

Таълим муассасасида очиқ мулоқот бўлиб ўтди
Таълим муассасасида очиқ мулоқот бўлиб ўтди
Шарафли ва масъулиятли сафар
Шарафли ва масъулиятли сафар
“Шаҳидлар хотираси” ёдгорлик мажмуасига зиёрат ташкил этилди
“Шаҳидлар хотираси” ёдгорлик мажмуасига зиёрат ташкил этилди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP