SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram!
26.09.2024 / Bo‘limda Yangiliklar

“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram!

Bugun, 26-sentabr kuni «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida «Ustoz va murabbiylar kuni» hamda ikki nafar talabamizning Qurʼoni Karimdan ijoza olish munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirga sohada xizmat qiluvchi bir qator faxriy ustozlar va mehmonlar, ota-onalar tashrif buyurishdi.

“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram! (1)
“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram! (2)

Dastavval tadbirni ochib berish uchun soʻz bilim yurti mudiri Maʼmurjon Erkayevga berildi. Mudir domla ustozlar sharafi, ulamolar Paygʻambarlarning merosxoʻri ekanligini aytib, ustozlarning maqomlari yuksak ekanini taʼkidlab oʻtdilar.

“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram! (3)
“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram! (4)
“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram! (5)

Shundan keyin soʻz navbati Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Zayniddin domla Eshonqulovga berildi. Domla «Koʻkaldosh» madrasasining darajasi yuqoriligi haqida gapirdilar. Madrasa ustozlarini muborakbod etib, barchaga muftiy hazratlarining salomlarini yetkazdilar.

“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram! (6)
“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram! (7)

Soʻng tashrif buyurgan aziz mehmonlardan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari, Toshkent Islom instituti rektori Mahammadolim Muhammadsiddiqov domla minbarga taklif qilindi. Domla ustoz va murabbiylar kuni haqida chiroyli nutq soʻzladilar.

Shundan keyin oʻzining fidoyiligi, mahorati, zakovati bilan koʻp yillardan beri xizmat qilib kelayotgan bir qator ustozlar, jumladan Xolmoʻminov Jaloliddin, Madaminov Shokirjon, Xolmurodov Asadulloh, va Boyxoʻrozov Xurshid domlalar maqtov yorligʻi va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram! (8)
“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram! (9)

Tadbirning shu qismiga kelganda madrasa talabalari oʻzlarining turli tillarda tayyorlagan chiqishlarini taqdim qilishdi. Ular ustozlarni bir necha tillarda, xossatan ingliz, rus, qirgʻiz, tojik hamda arab tillarida tabriklashdi.

Keyin Paygʻambarimiz alayhissalom tugʻilgan oy Rabbiyul avval oyi boʻlgani uchun Imom Barzanjiyning mashhur baytlaridan biroz oʻqib, Nabiy alayhissalomga salavotlar aytildi.

Undan keyin Qurʼoni Karimdan ijoza olgan talabalar Umarov Akbarjon va Shuxratbekov Shukrullohlarni ijoza bilan taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram! (10)
“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram! (11)
“Koʻkaldosh”da qoʻshaloq bayram! (12)

Dastavval Shayx Alijon qori Qurʼoni Karimdan ijoza olishning sharafi va ahamiyati haqida, qorilarning Qurʼonni yetkazishdagi mehnatlari, fidoyiliklari haqida gapirdilar.

Talabalarga ijoza topshirishdan oldin ular Shayx Alijon qoriga Ixlos, Falaq va Naas suralarini tilovat qilib berishdi. Shayx hazratlari qiroatlardagi baʼzi farqlarni izohlagan boʻldilar. Tilovatdan soʻng faxriy ustoz Zohidjon qori taraflaridan ijoza olgan talabalar, ularning ustozlari va barcha yigʻilgan mehmonlar, ularning ota-onalari haqiga xayrli duolar qilindi. Talabalarimizga ijozalarni tantanali ravishda ustoz Zohidjon qori va Shayx Alijon qorilar topshirishdi.

Soʻng ustoz Zohidjon qori oʻz ustozlari Roʻzixon qori domla haqlarida, u kishining ilm yoʻlida chekkan zahmatlari toʻgʻrisida gapirib, talabalarga bu kunlarning qadriga yetish haqida nasihat qildilar.

Ijoza olgan talabarga esdalik sovgʻalarni muftiy oʻrinbosari Zayniddin domla Eshonqulov hamda muftiy oʻrinbosari, Toshkent Islom instituti rektori Muhammadolim Muhammadsiddiqov domlalar topshirishdi.

Tadbir soʻngida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Zayniddin domla Eshonqulov umumiy duo qilib berdilar.

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti matbuot xizmati

What you can read next

Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Усмонхон Алимов ҳазратларининг муҳтарама отинойиларимизга мурожаатлари
Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Усмонхон Алимов ҳазратларининг муҳтарама отинойиларимизга мурожаатлари
Ижарада турувчи талабаларга озиқ-овқат маҳсулотлари тарқатилди
Ижарада турувчи талабаларга озиқ-овқат маҳсулотлари тарқатилди
“Qurʼoni karim va tajvid” boʻyicha oʻquv kursining navbatdagi 52-davra mashgʻulotlari yakunlandi
“Qurʼoni karim va tajvid” boʻyicha oʻquv kursining navbatdagi 52-davra mashgʻulotlari yakunlandi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP