Bugun, 6-sentabr kuni, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida yangi 2024-25-oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish masalasida bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori, (PhD) Erkayev Mamurjon domla boshchiligida 1-sonli mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi.








Yigʻilish Qurʼoni karim tilovati va uning ketidan qilingan xayrli duolar bilan boshlandi.
Yigʻilishda pedkengash raisi va aʼzolari tasdiqlandi, yangi oʻquv yili uchun tuzilgan rejalar koʻrib chiqilib, muhokama qilindi. Yigʻilishda undan tashqari har bir guruh uchun guruh rahbarlari tayinlandi, talabalar raisi saylandi.
Yigʻilishda bilim yurti mudiri mudarrislarni mehnat intizomiga rioya qilishlari va talabalarga taʼlim-tarbiya berishda masʼuliyat bilan yondoshishlari va ularga odob-axloqda namuna boʻlishlari lozimligini taʼkidlab oʻtdi. Mudarris va talabalarni targʻibot va aksiltargʻibot ishlarida faol boʻlishlari kerakligi alohida aytib oʻtildi.
Yigʻilish yakunida bilim yurti mudiri Erkayev Mamurjon domla majlis qatnashchilarini yangi oʻquv yili bilan tabriklab, yangi 2024-2025 oʻquv yilida barcha jamoa ahliga gʻoyatda masʼuliyatli, ammo sharafli vazifalarini toʻlaqonli amalga oshirishlarida Yaratgandan kuch-quvvat, salomatlik va omadlar tiladi va xayrli duolar qildi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati






