Kuni kecha ,,Koʻkaldosh” oʻrta maxsus bilim yurti Axborot resurs markaziga Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (194-256h. 810-870 m.) rahmatulloh alayh tomonidan bitilgan, “Sahihi Buxoriy” nomi bilan shuhrat qozongan – “al-Jame’ as-sahih” (ishonchli toʻplam) kitobining 3-jildidan 100 dona hadya qilindi. Bu kitobni 1 va 2-jildlari o ‘tgan yili ham 100 donadan hadya qilingan edi. 3- jildda 59-hadisdan 247-hadisgacha jami 189 ta hadis sharhlangan boʻlib, “Ilm kitobi” va “Tahorat kitobini” toʻliq qamrab olgan.



Shuni maʼlum qilamizki, bu kitob sharhida moturidiy aqidasi va hanafiy mazhabiga koʻra izohlar, hadislardan olinadigan hukmlarning mazhablar boʻyicha tahlili turli oqim va toifalarning fikr va qarashlariga raddiyalar, shuningdek, ushbu asarga bagʻishlangan asarlar, unda keltirilgan hadis va rivoyatlar, ularni toʻgʻri tushunish va talqin qilish uslublari, roviylai haqida ilmiy maʼlumotlar berilgan. Bu kitob talabalar dars jarayonlarida foydalanadigan muhim asar hisoblanadi.
Axborot resurs markazi mudiri A.Bannayev





