Bugun, 2025-yil 23-iyun sanasida «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida 2024-2025-oʻquv yili bitiruvchi talabalari uchun 4 yil mobaynida oʻzlashtirgan ixtisoslik fanlari boʻyicha bilim va koʻnikmalari imtihondan oʻtkazildi.



«Yakuniy attestasiya» imtihonlarida Bilim yurti mudiri M.Erkayev, oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari N.Djalolov, oʻquv uslubiy boʻlim boshligʻi F.Asatullayev, bilim yurti oʻqituvchisi T.Karimov ishtirok etdi. Imtihon oʻtkazish hamda baholash tartibi bilan oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari N.Djalolov tanishtirdi.


«Yakuniy attestasiya» hayʼati raisi Islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti Ilmiy ishlar va fan boʻyicha prorektori Soatmurod Primov imtihon topshirishda bilim yurtining bitiruvchilariga oʻzining tavsiyalarini berdi.


Eslatib oʻtamiz, «Yakuniy attestatsiya» imtihonlari ikki yoʻnalishda boʻlib oʻtadi:
-Ixtisoslik fanlari
-Umumkasbiy fanlar


«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtining oʻquv-uslubiy boʻlimi






