SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Roʻzaga tegishli muhim savol-javoblar (7-qism)
19.03.2024 / Bo‘limda Fiqh

Roʻzaga tegishli muhim savol-javoblar (7-qism)

45. Savol: Roʻzador odamning til tagiga tabletka qoʻyib davolanishi hukmi nima?

Javob: Roʻzador odamning til tagiga tabletka qoʻyishi roʻzani buzmaydi, chunki bu holatda dori oshqozonga yetib bormaydi, lekin u erisa va undan biron narsani yutadigan boʻlsa roʻzani buzadi.

46. Savol: Roʻzadorning oshqozoniga yerdan koʻtarilgan chang yoki unni elash asnosida koʻtarilgan chang va pashsha kirishi roʻzasini buzadimi?

Javob: Mazkur holatlarda roʻza durust boʻlib, roʻzador roʻzasida davom etadi va roʻza buzilmaydi.

47. Savol: Roʻza asnosida taom tatib koʻrishning hukmi nima?

Javob: Roʻza asnosida taomni tatib koʻrish makruh boʻladi, mabodo undan biron narsa oshqozoniga ketadigan boʻlsa, roʻza buziladi.

48. Savol: Chekish roʻzani buzadimi?

Javob: Chekish roʻzani buzadi, chunki tutun roʻzani buzuvchilardan sanaladi, tutun zarralari ataylab oʻpkaga kiritiladi oʻpka esa oshqozondandir.

49. Savol: Roʻzador davolanish uchun shifokorning tavsiyasi bilan qayt qilishi kerak boʻlsa, bu bilan roʻza buziladimi?

Javob: Roʻzasi buziladi va unga kunning qolgan qismida tiyilish vojib va shu kunning qazosini tutib beradi.

50. Savol: Roʻzador tupugini yutishining hukmi nima?

Javob: Roʻzador tupuk yoki soʻlagini yutishi joiz, chunki undan saqlanish qiyinchilikni keltirib chiqaradi, qiyinchilik va mashaqqatni Alloh taolo bizlardan ketkazgandir.

Roʻzaga oid mazkur savol-javoblar, Iordaniya bosh fatvo boshqarmasida tayyorlangan. (davomi bor)

Mirzaev Kamoliddin

What you can read next

НАМОЗНИ ХУШУЪ БИЛАН ЎҚИШ ФАЗИЛАТИ
Намозни хушуъ билан ўқиш фазилати
Ислом банкларининг вужудга келиши ва ривожланиш хусусиятлари мавзусида давра суҳбати бўлиб ўтди
Ислом банкларининг вужудга келиши ва ривожланиш хусусиятлари
Абу Ҳанифа раҳимаҳуллоҳнинг қозиюл қузот ва қози шогирдлари
Абу Ҳанифа раҳимаҳуллоҳнинг қозиюл қузот ва қози шогирдлари

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP