SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Tafsir ilmi rivojiga katta hissa qoʻshgan buyuk olim
13.03.2024 / Bo‘limda Maqolalar, Tafsir

Tafsir ilmi rivojiga katta hissa qoʻshgan buyuk olim

Imom Abul Barakot Nasafiy Movarounnahr diyoridan yetishib chiqqan buyuk olimlardan hisoblanadi. Imom Nasafiy oʻz zamonasidagi turli xil ziddiyatlar va har tarafdan hujum qilayotgan moʻgʻul istilochilarining zulmlariga qaramasdan oʻz asrining fiqh va usul ilmlarida yetuk olim, hadislar va ularning maʼnolari bilimdoni, Alloh taoloning kitobini yaxshi anglovchi mufassir edilar. Imom Nasafiy tomonidan taʼlif etilgan asarlar hozirgi kungacha ahli-ilmlar va talabalar oʻrtasida moʼtabar manbalar sifatida qadrlanib, muhim sharʼiy masalalarning yechimini topish maqsadida keng va samarali foydalanib kelinmoqda.

Imom Abul Barakot Nasafiyning Ahli sunna val-jamoaning sof eʼtiqodini insonlarga yetkazishdagi xizmati beqiyosdir. Bu xizmatlarning eng buyugi – Qurʼoni Karim maʼnolarini tushunishda toʻgʻri manhaj va uslubni bayon qilib, shu uslubga koʻra tafsir va tafsir ilmiga oid asarlarni taʼlif etganidir.

         Imom Abul Barakot Nasafiy Qurʼoni Karim tafsiriga oid juda muhim asarlarni yozib qoldirgan. Mana shunday asarlardan bir bu – «Madorikut tanzil va haqoiqut taʼvil» («Qurʼon mohiyati va taʼvil haqiqatlari»). Bu asar Imom Abul Barakot Nasafiyning eng mashhur asari boʻlib, u musulmon olamidagi Qurʼoni Karimga yozilgan eng moʼtabar tafsirlardan biri hisoblanadi. Ushbu asar Qurʼoni Karim tafsiriga oid boshqa asarlarga nisbatan mavzu, uslub va ilmlarning keng qamrovliligi jihatidan alohida ajralib turadi. Shuningdek, Imom Abul Barakot Nasafiy tafsir ilmida mashhur asar yozish bilan Imom Moturidiyning tafsir yozishdagi uslubini davom ettiradi hamda Qurʼon Karim oyatlarini tafsir qilish mobaynida moturidiylik aqidaviy taʼlimotining mustahkamlanishiga katta hissa qoʻshadi.

Shuni ham taʼkidlash zarurki, Imom Abul Barakot Nasafiy davrida moʻtaziliy, qadariy, jabariy, qarmatiy kabi turli botil toifa vakillarining qarashlari oʻz taʼsiriga ega boʻlgan davr boʻlib, muallif «Madorikut tanzil va haqoiqut taʼvil» asarida ularga koʻp bora ilmiy raddiyalar va tushuntirishlar bergan. Chunki moʻgʻullar davrida ilm-maʼrifat va ilmiy tafakkurning yoʻqolishi barobarida odamlarni birlashtiradigan yagona gʻoya boʻlmish Ahli sunna eʼtiqodi ham bir muncha zaiflashgandek edi. Bu holatdan turli oqim va toifa vakillari oʻz aqidalarini yoyish uchun ustalik bilan foydalanmoqchi boʻlganlar. Hamda Qurʼoni Karim maʼnolarini oʻzlarining botil daʼvolarini isbotlash uchun notoʻgʻri taʼvil qilganlar. Bunday paytda Islom taʼlimoti keng yoyilgan oʻlkalarda Qurʼon Karimning asl maʼnolarini talqin etuvchi mukammal tafsirlarga katta ehtiyoj tugʻiladi. Imom Abul Barakot Nasafiy mana shu ehtiyojni oʻz vaqtida anglab, uni mukammal darajada ado qilganlar. 

Tafsirning yozilishi haqidagi ushbu mulohazalarni Imom Nasafiyning oʻzi aytgan quyidagi soʻzlari ham isbotlaydi: «Mendan yaqinlarim Qurʼonni taʼvil qiluvchi, turli qiroatlar va harakat uslublari koʻrsatilgan, ahli sunna val-jamoa aqidasiga muvofiq keladigan, adashgan va bidʼatchi toifalarning soʻzlaridan xoli boʻlgan, insonni malollantirmaydigan darajada keng hamda tushunarsiz darajada qisqa boʻlmagan tafsir yozishimni soʻrar edilar. Men dastlab ikkilandim. Nihoyat, Allohning tavfiq va inoyati ila tafsir yozishga kirishdim hamda uni oz muddat ichida yozib tamomladim. Kitobimni «Madorikut tanzil va haqoiqut taʼvil» deb nomladim. Alloh barcha ishlarni yengillashtiruvchi, xohlagan narsasini qilishga qodir va duoni tez ijobat qilguvchi zotdir».

Zamonaviy arab olimlaridan Abu Adib Muhyiddin shunday deydi: «Bu kitob oldin ham hozirda ham katta eʼtibor bilan ilm davralarida va diniy oliygohlarda darslik sifatida oʻqitiladi. Mening oʻzim uning katta bir qismini ustozim shayx Abdurahmon Zabiydan Damashqdagi «Gʻarro» Jomiyasiga qarashli Shariat ilmlari fakultetida 1956-yillarda tahsil olib yurgan kezlarimda oʻqiganman».

«Madorikut tanzil va haqoiqut taʼvil» asaridan bir namuna:

 Oli Imron surasi, 92-oyati, yaʼni: «Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (jannatga) yeta olmaysizlar», tafsirida Nasafiy quyidagi fikrlarni beradi: «Faqat suygan narsalarni beribgina maqsadga yetiladi». Davomida ushbu rivoyatni keltiradi: Umar ibn Abdulaziz shakar sotib olar va uni sadaqa qilar edi. Shunda undan soʻraldi: «Nima uchun uning pulini sadaqa qila qolmaysiz?». U: «Shakar menga suyukliroqdir. Shu sabab suygan narsamdan ehson qilishni xohladim», – deb javob beradi».

Abul Barakot Nasafiy oʻz davrining talab va ehtiyojidan kelib chiqib, oʻziga qadar shakllangan ilmiy anʼanani davom ettirdi va shu asosda ilmiy asarlar yaratdi. U zot qoldirgan ilmiy meros asrlar davomida va hatto bugungi kunimizda ham oʻz qadr-qimmatini yoʻqotmagan. 

Shu sabab Abul Barakot Nasafiy haqida Abdulhay Laknaviy oʻzining “Favoidul bahiyya fi tarojimil hanafiyya” kitobida shunday deydi: “U zamonasining yetuk olimi, tengi yoʻq mufassir, fiqh va usulda yetakchi, hadislarning maʼnolarini juda yaxshi biluvchi olim edi”.

Toʻlqin Karimov
«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti mudarrisi

What you can read next

Рамазон фазилатли ой
Рамазон ойининг охирги ўн кунлиги фазилати
Рўза тутмасликка узрли кишилар
Рўза тутмасликка узрли кишилар
Zahar
Tish dorisi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP