SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Roʻzaga tegishli muhim savol-javoblar (2-qism)
12.03.2024 / Bo‘limda Fiqh, Maqolalar

Roʻzaga tegishli muhim savol-javoblar (2-qism)

8. Savol: Bomdod namozining vaqti hali kirmadimikan degan shubha bilan taomlansa, soʻngra uning vaqti boshlanmagani maʼlum boʻlsa bu holatda roʻza durust boʻladimi?

Javob: Bu holatda roʻza durust boʻlib, unga hech qanday nuqson yetmaydi. Chunki bunda roʻzaning vaqti boshlanmasidan oldin taomlanilgan boʻladi. Shuningdek, roʻzaning vaqti boshlanmadimikin degan shubha bilan taomlansa va bomdod vaqtidan oldin yoki keyinligi ham ochiqlanmay qolsa bu masalada ham uning roʻzasi durustdir. لا يزولُ بالشك اليقين (Alyaqiynu laa yazulu bishshak), yaʼni “Aniq narsa shubha sababli tark qilinmaydi” qoidasi asosida bu masalaga yechim beriladi. Kechaning mavjudligi aniq ammo sharʼiy nahor yaʼni bomdod vaqtining kirgan yoki kirmaganligi shakdir.

9. Savol: Tun davom etmoqda degan gumon bilan taomlanib qoʻyib, soʻngra bomdod vaqti kirgani maʼlum boʻlsa, roʻza joiz boʻladimi?

Javob: Kishi kecha davom etyapti degan gumon bilan yeb-ichib qoʻyib, soʻngra bomdod vaqti kirgani maʼlum boʻlsa, unga Ramazoni sharif oyining hurmati eʼtiboridan kunning qolgan qismida roʻzani buzadigan narsalardan tiyilib turishi, va Ramazon oyi oʻtgandan keyin oʻsha kunning qazosini tutishi lozim boʻladi.

10. Savol: Quyosh botdi degan gumon bilan yeb-ichib qoʻysa-yu, soʻngra quyosh botmagani maʼlum boʻlsa roʻzaga zarar qiladimi?

Javob: Bu holatda roʻza botil boʻlib, qazosini tutib berish vojib boʻladi. Roʻzador quyosh botganligini aniq oʻzi koʻrmagunga qadar yoki ishonchli kishining xabari bilan aniq boʻlishidan oldin roʻzasini ochishi joiz emas.

11. Savol: Bomdod namozi uchun aytiladigan azon asnosida yeb-ichishning hukmi nima boʻladi?

Javob: Azon asnosida yeb-ichish joiz emas, chunki azon bomdod vaqtining kirganligini va roʻzani man qiladigan narsalardan tiyilish vojibligining belgisi hisoblanadi. Mazkur holat roʻy bergan kishining roʻzasi buziladi va kunning qolgan qismini yeb-ichishdan tiyilishi vojibdir. Ramazon oyidan soʻng oʻsha kunning qazosini oʻtab beradi.

12. Savol: Ramazon, nafl va boshqa roʻzalarning kunduz kunida roʻzaligini unutgan holda yeb-ichib qoʻysa roʻzani buzadimi?

Javob: Farz, vojib va nafl roʻzalarda bilmasdan, unutgan holda biror taom yesa yoki ichimlik ichadigan boʻlsa, uning roʻzasiga hech qanday zarar yetmaydi. Chunki u Allohning mehmoni hisoblanib, Allohning Oʻzi uni yedirgan va ichirgan boʻladi.

Iordaniya bosh fatvo boshqarmasi manbalari asosida Mirzayev Kamoliddin

(davomi bor)

What you can read next

Ислом арконлари
Ислом арконлари
“Ал-мабсут” – фиқҳ қомуси
“Ал-мабсут” – фиқҳ қомуси
Ёшларимизни “Ҳизбут таҳрир” фитнасидан асрайлик!
Ёшларимизни “Ҳизбут таҳрир” фитнасидан асрайлик!

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP