Tayyorlov kursi 2024-yil mart oyidan boshlanib 5 oy davom etadi.
⏺ Tayyorlov kursi quyidagi fanlardan boʻlib oʻtadi:
— Chet tili (arab tili);
— Oʻzbekiston tarixi;
— Maʼnaviyat va maʼrifat asoslari.
⏺Tayyorlov kursiga umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari, oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat (attestat, diplom)ga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
⏺Tayyorlov kusida oʻquvchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
— bilim yurti mudiri nomiga ariza;
— pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
— 3,5×4,5 hajmdagi 4 dona fotosurat (soʻnggi 3 oyda olingan hamda orqa foni oq rangda boʻoshi talab etiladi).
❗️Bilim yurti tayyorlov kursida tahsil olayotgan, turar joyga ehtiyoji boʻlgan tinglovchilarni yotoqxona bilan taʼminlash majburiyatini olmaydi.
???? Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi 46-uy. «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti.
???? Telefon: +99871-244-48-27
«Koʻkaldosh» OʻMIBY matbuot xizmati






