23-yanvar kuni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti Axborot resurs markazi xodimlari hamda talabalari Toshkent shahridagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidining anjumanlar zalida oʻtkazilgan Iskandar Xalilov Qoʻysin oʻgʻlining “Insoniyatning eng yaxshisining soʻzlaridan jilolanuvchi nurlar” ((الأنوار الحلية من حديث خير البرية nomli kitobi taqdimotiga qatnashdilar.


Mazkur kitobning asli arab tilida yozilgan boʻlib, mashhur oltita hadis toʻplamidagi odob-axloqqa doir eng sara hadislar jamlangan. Kitob ikki jilddan iborat hamda umumiy 3550 ta hadisni oʻz ichiga olgan.


Shuningdek, madrasamizga homiylar tomonidan “Qisosun nabiyyin” kitobidan 7 dona va “Matnu niqoya” kitobidan 5 dona sovgʻa qilindi.
“Qisosun nabiyyin” kitobi paygʻambarlar haqida boʻlib, jumlalari oson va yengil qilib yozilgan.
“Matnu niqoya” kitobi esa fiqhga doir mashhur “Viqoya fi masaailil hidoya” kitobining muxtasari hisoblanadi.
A.Bannayev
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Axborot resurs markazi mudiri






