Bugun Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti Axborot resurs markaziga homiylar koʻmagida “Durusun Nahviya” kitobining arab tilidagi nashri 23 dona va Shayx Abdulaziz Mansur qalamiga mansub “Qurʼoni karim maʼnolaring tarjima va tafsiri” kitobidan 22 dona olib kelindi.



Maʼlumot oʻrnida, “Durusun Nahviya” kitobi nahv qoidalarini sodda va oson oʻrgatish maqsadida tilshunos olimlar tomonidan yozilgan. Mualliflar qoʻllanmani 4 qismga boʻlib, soddadan murakkabga asta-sekin oʻtish yoʻlidan borishgan. Bu kitob madrasada arab tili fanidan darslik sifatida foydalaniladi.


Shuningdek, Qurʼoni karimni boshqa tillarga tarjima va tafsir qilish ancha qadimdan boshlangan. Bizning ulomolarimiz kitoblari ham bu borada peshqadamlardan boʻlgan. Shayx Abdulaziz Mansurning “Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri” kitobi anashu kitoblardandir. Bu kitob eʼtiborga molik kitoblardan boʻlib, oʻziga xos xususiyatlari bilan kitobxonlarga maʼnaviy va maʼrifiy boylik baxsh etadigan kitoblardan hisoblanadi.
Axborot resurs markazi boshligʻi A.Bannayev





