Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
40-hadis
Husayn amaki shahardan qishloqqa qaytayotgan edi. Uning kayfiyati aʼlo. Chunki, oʻzi bilan bozorga olib borgan mollarini barchasini sotdi. Yoʻlda esa eshagini oʻtlatish va oʻzi ham biroz mizgʻib olish maqsadida buloq boshida toʻxtashga qaror qildi. Buloqning yonginasidagi daraxt soyasida uyquga ketishdan oldin qoʻlga kiritgan pullari haqida oʻyladi. Ularni ishonchli joyga qoʻyish kerak edi. Pullari joyida ekanligini tekshirib boʻlgach, xaltachasani qoʻyniga soldida uyquga ketdi.
Baxtga qarshi bu holatni daraxtda bir qaroqchi kuzatib turar edi. Insonlarga baxtsizlik keltirish evaziga yashaydigan bu qaroqchining koʻzlari xursandchilikdan yonib ketdi. Husayn amakining uxlaganiga ishonch hosil qilgan zolim sekingina daraxtdan sirgʻalib tushdi. Soʻngra choʻntagidan qamish poyasi va zahar solingan qutini chiqardi. Qamishning gʻovak poyasi ichiga zaharni soldida, asta uyqudagi Husayn amakining oldiga yaqinlashdi. Maqsadi uyqudagi kishining ichiga zaharni puflab oʻldirish va pullarini oʻzlashtirish edi. U engashib zaharni puflashni boshlagan ham ediki, toʻsatdan Husayn amaki aksirib yubordi. Qamishdagi zaharning barchasi katta tezlikda yaramas qaroqchining ogʻziga qaytib kirdi. Uning yomonligi oʻz boshiga yetdi. Zero, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning aytgan ushbu hadislari naqadar haqiqat:
“من ضارّ ضارّ الله به“
“Boshqalarga zarar beradigan kishiga Alloh ham zarar beradi”.
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi






