SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zahar
25.12.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Tish dorisi

Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
39-hadis

Yaxshi kiyingan bir musofir shahar yaqinidagi restoranlardan biriga kirdi. Soʻngra oshxona xizmatchisiga  yaxshi tayyorlangan bifshteks va salat olib kelishini buyurdi. Taomlar keltirilgach,  ozginasini ogʻziga soldiyu: “Vooooy, yana tishim ogʻriyapti”,- deya baqirib yubordi. Shu vaqtda uning oldiga qoʻliga katta sumka koʻtargan kishi yetib keldi-da sumkasidan bir kichkina shishacha chiqardi. Shisha ichidagi suyuqlikdan paxtani namlab: “Iltimos mana buni ogʻrigan tishingizga qoʻyib oling” – deya unga uzatdi. Haligi kishi  uning aytganini qildi. Bir ozdan soʻng  quvonchdan: “Ajoyib, ajoyib, men hech qanday ogʻriqni sezmayabman!”- deya baqirdi. Uning ovozini eshitgan atrofdagi odamlarning aksariyati  ul ikkisining atrofini oʻrab olishdi.  Tez orada katta sumka koʻtarib kelgan kishining sumkasidagi dorilarining barchasi sotilib ketdi. Bir soatdan keyin tishi ogʻrigan odam va dori sotuvchi  poezd bekatida uchrashishdi. Poezd kelishini kutisharkan u ikkisi bu shaharda qanday yaxshi foyda qilishganini aytib, bir-birini tabriklashar edi. Xuddi shu vaqtda ularni ikki politsiya xodimlari qoʻlga olishdi. Gap shundaki, bulardan soxta dori olib tish ogʻrigʻidan xalos boʻla olmagan kishi darhol politsiyaga murojaat qilgan edi. Bu qalloblar mahkamaga keltirilgach politsiya komissari ulardan: “Sizlar qaysi dinga amal qilasizlar?” – deya soʻradi. U ikkisi yerdan boshlarini koʻtara olmasdan: “Alhamdulillah, musulmonmiz”, – deyishdi. Politsiya komissari yanada gʻazablandi va ularni jazolashga hukm chiqardi. Soʻng ikkisiga qarata sizlar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning:

                                                   (من غش فليس منا)

“Kim yolgʻon gapirsa bizlardan emas!” deganlarini eshitmaganmisizlar?”-dedi.

Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Ёшларни диний мутаассиблик ва ақидапарастлик ғояларидан асраш
Ёшларни диний мутаассиблик ва ақидапарастлик ғояларидан асраш
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti rahbariyatiga munosib eʼtirof
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti rahbariyatiga munosib eʼtirof
ТАҲАЖЖУД НАМОЗИНИ АЛБАТТА ЎҚИНГ!
Тунги намозга доир тавсиялар

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP