Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev Donoqulovich OʻzXIA talabalari hamda Oliy va oʻrta maxsus islom bilim yurtlarining faol talaba yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.



Diniy-maʼrifiy sohadagi olib borilayotgan islohatlar, yoshlarga qaraliyotgan imkoniyatlar va yoshlarning erishayotgan yutuqlari hamda kelgusida diniy-maʼrifiy sohadagi yoshlarga beriladigan imkoniyatlar rejasi muhokama qilingan tadbirda “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti rahbariyati, mudarris-oʻqituvchilari va talabalari ham ishtirok etdi. Muloqotda Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan respublikada tashkil etilgan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida targʻibot va tashviqot ishlari, taʼlim va oʻquv jarayonida hamda jamoat tadbirlaridagi faolligi bilan ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi uchun bilim yurti oʻqituvchisi Ismatov Jahongir Alisher oʻgʻli Din ishlari boʻyicha qoʻmita tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.


A. GʻANIYEV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi






