Ibn Samoʻa rohimahullohining toʻliq ismlari: Muhammad ibn Samoʻa ibn Abdulloh Abu Abdulloh Tamimiy. Hadis ilmini Lays ibn Saʼd, Abu Yusuf va Muhammad rohimahullohlardan olib ishonchli xadis hofizlaridan boʻlganlar. Fiqh ilmini esa Imom Abu Yusuf, Imom Muhammad va Hasan ibn Ziyod rohimahullohlardan oʻrgangan. Xalifa Maʼmunning davrida Bogʻdod shahrida Imom Abu Yusufning oʻgʻillari (196\h) vafotidan soʻng qozilik ishlarini koʻzida zaiflik paydo boʻlgunga qadar boshqargan. Alloh taolo u zotga uzoq umr shu bilan birga sogʻlom va baquvvatlik neʼmatini ham qoʻshib bergan. 103 yil umr koʻrgan (130-233\h) mana shu yoshda ham ulovga minib yurgan va har kun ikki yuz rakaat nomoz oʻqiganlar. Qirq yil mobaynida biron marotaba namozning avvalgi takbirni oʻtkazib yubormagan faqatgina onasi vafot qilgan kun bundan mustasno. Bir marotaba jamoatsiz farz namozini oʻqiy olmay qolganida, yigirma besh marta oʻsha namozini qayta-qayta oʻqigan ekan.
Yozgan kitoblari: “Kitob al-adabulqozi”, “Kitob al-maxozir vas-sijjilot”, “Navodir”va boshqa kitoblar.
Shogirdlari: Imom Tahoviyning shayxlari Abu Jaʼfar Ahmad ibn Abu Imron Bagʻdodiy va boshqalar.
Kamoliddin Mirzayev
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi






