SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
0K0A9616
22.12.2023 / Bo‘limda Yangiliklar

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida musobaqa tashkil qilindi

Dekabr oyi, “Fiqh” fan oyligi munosabati bilan 3-kurs talabalari oʻrtasida fiqh fanidan musobaqa tashkil qilindi. Musobaqa tadbiri Allohning kalomi tilovati bilan boshlandi. Qurʼoni karim tilovatidan soʻng, tadbirni bilim yurti mudiri, Turon fanlar akademiyasi akademigi, Ustoz Abdulhahakim qori Matqulov ochib berdi.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida musobaqa tashkil qilindi (1)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida musobaqa tashkil qilindi (2)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida musobaqa tashkil qilindi (3)

Musobaqa avvalida hakamlar hayʼati tuzib olindi. Hakamlar hayʼati tarkibi quyidagicha boʻldi:

1.  Abdulhakim domla Matqulov hakamlar hayʼati raisi.

2.  Jaloliddin domla Xolmoʻminov hakamlar hayʼati aʼzosi

3.  Nodirbek domla Djalolov  hakamlar hayʼati aʼzosi

4.  Kamoldin domla Mirzayev hakamlar hayʼati aʼzosi

5.  Toʻlqin domla Karimov  hakamlar hayʼati aʼzosi

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida musobaqa tashkil qilindi (4)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida musobaqa tashkil qilindi (5)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida musobaqa tashkil qilindi (6)

3-kurs talabalar 4 ta guruhni tashkil etib, har bir guruh oʻz jamoalarini quyidagicha nomladilar:

  301-guruh “Hidoya” jamoasi,

  302-guruh “Al-Fudul” jamoasi,

  303-guruh “Roshidlar” jamoasi,

  304 guruh “Al-Hanif” jamoasi

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida musobaqa tashkil qilindi (7)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida musobaqa tashkil qilindi (8)

Musobaqa 4 ta shart asosida olib borildi.

1-shart: “Faqihlar hayoti va ijodi” deb nomlandi. Bu shartda har jamoadan

1 nafar talaba faqihlar hayoti va ilmiy merosi haqida gapirib berishi kerak boʻladi.

1-shart hakamlar tomonidan 15 ballik tizimda baholandi.

2-shart: “Muxtasar ul-viqoya” kitobining taloq bobidagi mavzular asosida savollarga javob berish deb nomlandi. Shartda har bir jamoadan 1 nafar ishtirokchi bilet tanlagan holda kitobdan tarjima qilib berishi kerak edi. Bu shart ham hakamlar tomonidan 15 ballik tizimda baholandi.

3-shart: “Taloq kitobi” asosida tezkor savol-javob sharti deb nomlanib, har bir guruhdan berilgan javobning toʻliq boʻlishiga qarab, hakamlar hayʼati 6 ballik tizimda baholashdi.

4-shart: “Ijodiy yondashuv” deb nomlandi. Bu shartda jamoalar sahna koʻrinishi, bir masalani video rolik yoki slayd tayyorlab, uni sharhlab berishi kerak boʻladi. Shart esa 15 ballik tizimda hakamlar tomonidan baholandi.

Musobaqa davomida qolgan talaba va mehmonlar bilan ham qiziqarli savol javoblar olib borildi.

Musobaqaning 4 ta shart natijalariga koʻra:

1-oʻrinni 301-guruh “Hidoya” jamoasi

2-oʻrinni 302-guruh “Al-Fudul” jamoasi

3-oʻrinni 304 guruh “Al-Hanif” jamoasi egalladi.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida musobaqa tashkil qilindi (9)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida musobaqa tashkil qilindi (10)

Musobaqa soʻngida gʻolib jamoalar hamda barcha ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tayyorladi: Oʻquv-uslubiy boʻlimuslubchisi Ismatov Jahongir

What you can read next

Садақаи жория
Садақаи жория
Қуръонни хатм қилиш қачон бошланган?
Қуръонни хатм қилиш қачон бошланган?
Солиҳ амал
Солиҳ амал

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP