Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
37-hadis
Kunlarning birida Ramzi ismli bolakay dalada ishlayotgan otasi uchun tushlik olib ketayotgan edi. Yoʻl yoʻlakay u goʻzal tabiatdan ilhomlanib baland ovozda hayqirdi. Shunda unga javoban xuddi oʻziniki kabi hayqiriq eshitildi. Ramzi bu aks sado ekanligini bilmadi.
Balki toshlar ortida yashiringan oʻzi kabi bir bolakay masxara qilayabdi deb oʻyladi va: “Qoʻlimga tushsang yomon qilaman!”- deb baqirdi. Xuddi shu ovoz unga javoban: “Qoʻlimga tushsang yomon qilaman!” – dedi. Jahli chiqib ketgan Ramzi bor kuchi bilan: “Chiq, buyoqqa qoʻrqoq!”- dedi. Nomaʼlum bolakay ham xuddi shunday dagʻdagʻa qildi.
Ramzi balandliklar ustiga chiqib uni qidirdi. Pastliklarni qidirdi, ammo hech kimni topa olmagach, bemaʼni bola shu atrofda yashirinib yuribdi deb oʻyladi. Bu orada u ogʻziga kelgani aytib baqirdi. Agar oʻsha bola qoʻliga tushsa nima qilish kerakligini oʻzi bilar edi.
Biroq, oʻsha bemaʼni bola Ramziga duch kelishga jurʼat qila olmadi. Ramzi tezda otasiga ovqat olib bormasa och qolishini oʻylab, bolani qidirishdan voz kechdi. Dalaga yetib kelganida yoʻldagi voqeani otasiga aytib berdi. Shunda otasi Ramziga: “Kim nimani gapirsa, shunday javob oladi” degan maqolni eslatdi.
Agar Ramzi Paygʻambarnimi sollalohu alayhi va sallamning quyidagi hadislarini bilganida, yomon gaplarni gapirmagan, va asossiz gʻazablanmagan boʻlar edi:
من كان يؤمن باالله و اليوم الآخر فليقل خيرا أو ليصمت
“Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan kishi yaxshiikni gapirsin, yoki sukut qilsin”. (Buxoriy, adab 31)
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi






