- Ular biz salafi solihlarning fahmiga koʻra Qurʼon va Sunnatga ergashamiz deyishadi, ammo haqiqat shuki ular:
- Eʼtiqodda ular zaif hadislarga eʼtimod qilishadi va Qurʼoni Karim, hadislarni va salafi solihlarning gaplarini xato tushuncha bilan talqin qilishadi.
- Soxta salafiylar 1300 yillik toʻrt yirik fiqhiy mazhablarni va ularning ilmiy meroslarini hamda anʼanalarini inkor qilishadi.
- Agar ularning yaqin asr va yillarda faoliyat koʻrsatgan shayxlarining fikri salafi solihlarning gapiga toʻgʻri kelmasa ular oʻz shayxlarining gaplarini olishadi.
- Soxta salafiylik yolgʻonlar va uydirma-tuhmatlarga asoslangan, bu haqda boshqa oqim vakillari ham shu gapni aytishadi.
- Ular oʻz dalillarini keltirishda oʻzlariga kerakli kontekstni qoldirib toʻgʻri kelmaganini tushirib qoldirishadi.
- Ular oʻzlari bir nechta mayda firqa-guruhlarga boʻlinishga ulgurishgan. Ularning eng yirik Madxaliy firqasi ham bir nechta mayda guruhlarga boʻlingan.
- Ular oʻz eʼtiqodlariga zaif, oʻta zaif va hattoinki munkar hadislarni olishadi ammo fiqhda (Islom huquqshunoslikda) va fazilatli amallarda esa zaif hadisni inkor qilishadi.
- Agar siz oddiy musulmon boʻlsangiz ular sizni bemalol zalolatdagi bidʼatchi degan ayb qoʻyishadi ammo oʻzlarining rahnamolari qilgan eʼtiqodiy xatolarga koʻz yumishadi, hattoinki ularni oqlashga harakat qilishadi. Zero ular suyanadigan boshqa olimlari yoʻq boʻlgani uchun shu ishni qilishadi.
- Ular hozirda harbiy jinoyatchi, qatli omni amalga oshirgan xavorijlik dinini mujaddidi, minglab musulmonlarni nohaq takfir qilib, qonini halol sanab toʻkkan Muhammad ibn Abdulvahhob tufayli mavjuddirlar.
- Ular zamonaviy xavorijlar hisoblanib, IShiD kabi takfiriy jamoatlarga oʻz taʼsirini koʻrsatganlar.
- Ular faqat va faqat musulmonlarga shiddatlidirlar.
- Ular yangi paydo boʻlgan bidʼatchi oqim boʻlib, ular oʻz aqidalarni isbotlashda Ibn Taymiya va Ibn Qoyyum Javziyyadan boshqa olimlarni dalil sifatida keltirisha olmaydilar.
- Ular bidʼatchi degan tamgʻani har kimga bosishadi va uning yorligʻini har narsaga ilishadi, vaholanki ular oʻzlari bidʼat maʼnosini toʻliq anglab yetmaganlar.
- Ular oʻz botil eʼtiqodlarini himoya qilish yoʻlida sharʼiy nasslarni boshqa tillarga tarjima qilishda notoʻgʻri tarjima qilishlari va ataylab matnlarni oʻzgartirishlari barchaga kundek maʼlum.
Koʻkaldosh OʻMIBY Matbuot kotibi
Rustam Oxunjonov tayyorladi






