SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zahar
17.11.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Oyoq kiyim

Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
32-hadis

Qishning sovuq kunlaridan biri edi. Saidning butun badani muzlab borar edi. Chunki uning eski, yirtilgan oyoq kiyimlaridan suv oʻtardi. U birinchi marotaba oilasining bechorahol ekanligidan afsuslandi.

“Qani edi, yaxshi koʻylak, qalin palto, issiq poyafzal sotib olishga pulimiz boʻlsa”, dedi xayolga choʻmib. Bu vaqtda u yoʻl yuzidagi katta jome’ masjidi oldiga kelib qolgan edi. Masjidda Peshin namoziga azon aytilgani bois darhol masjid tomon shoshildi. Said katta jamoat bilan namoz oʻqishni xush koʻrardi.

U tahorat olish uchun tahoratxonaga kirdi. Sumkasini kirish eshigi oldidagi oʻrindiqda qoldirib tahorat olish uchun yenglarini shimardi. Bu paytda koʻpchilik musulmonlar tahorat qilayotgan edi. Said tahorat olishga oʻtirib poyafzallarini yechdi va paypoqlari yomon boʻlib ketganini koʻrib gʻazab bilan ularni yerga tashladi.

Shunda nogahon bitta oyogʻini yuvayotgan kishiga koʻzi tushdi. Uning boshqa oyogʻi yoʻq edi. Said yaxshi poyafzali yoʻqligi uchun jahl qilganidan uyalib qoldi. Chunki ehtimol yonidagi insonning juda koʻp oyoq kiyim sotib olishga puli bordir, ammo u oyoq sotib ola olmaydi.

Said bu dunyoda pulga sotib olinmaydigan qimmatbaho neʼmatlar ham bor ekanligini tushunib yetdi. Shu kuni Peshin namozidan keyin u Alloh taologa sogʻlom oyoqlar bergani uchun shukr qilib duoga qoʻllarini ochdi. Zero, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam bu borada qanday ham yaxshi soʻzlarni aytganlar:

و كن قنعا تكن أشكر الناس

“Qanoatli boʻl! Insonlarni eng shukr qiluvchisi boʻlasan! (Ibn Moja, Zuhd 24)

Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Oliy himmatning xususiyatlari.
Ҳиммати олий киши нимадан надомат қилади?
“Имом-хатиб сурати ва сийратига чизгилар (жамиятда тутган ўрни ва вазифалари)”
“Имом-хатиб сурати ва сийратига чизгилар (жамиятда тутган ўрни ва вазифалари)”
   НАБАВИЙ СУННАТГА ЭРГАШИШ
Набавий суннатга эргашиш

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP