Maʼlumki, dinimizda bagʻrikenglikning turli koʻrinishlari bordir. Kattani kichikka, rahbarni xodimga, otani farzandlariga, musulmon kishi dindosh birodariga, musulmon kishi boshqa din vakillariga, musulmon kishi butun insoniyatga bagʻrikengligi va boshqalarni misol qilish mumkin. Maʼlumki, 1995 yil 16-noyabrda YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan “Bagʻrikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi” qabul qilindi. Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qatʼi nazar, bagʻrikenglikni targʻib etish, inson huquqlari va erkinliklarga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar aks etgan. Shuning uchun ham yurtimizda “16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni” deb eʼlon qilingan. Shu sababli joriy yilning 13-19-noyabr kunlari yurtimizda Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan bagʻrikenglik haftaligi boʻlib oʻtmoqda. Haftalik doirasida bilim yurtida “Vijdon erkinligining taʼminlanishi – tinchlik va totuvlik asosi”mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.


“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida talaba va ustozlari ham ana shu haftalikda faol ishtirok etmoqda. Bugun bagʻrikenglik haftaligini davomi oʻlaroq bilim yurti talabalari va ustozlari ishtirokida “16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni” munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirga Toshkent yuridik universiteti katta oʻqtuvchisi va Yoshlar parlementi raisi, huquqshunos Xurshid Botirov tashrif buyurdi. Mutaxasis oʻzining maʼruzasida 2023-yil 30-aprelda referendum orqali qabul qilingan konstitutsiyanmizning yangi tahriri va 2021-yil 26-iyunda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi” yangi tahrirdagi qonun haqida yigʻilganlarga maʼlumot berdi. Tadbir soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga munosib javoblar olishdi.


A. GʻANIYEV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi





