Har yili Robiul Avval oyida mavlid sharif bayramining joiz, yoki nojoiz ekanligi borasida tortushuvlar boʻlishi odat tusiga kirdi. Har ikki taraf oʻz fikrini qoʻllab-quvvatlovchi qator dalillar keltirish bilan ovora.
Aziz birodarlar! Masʼalani daqiq tushunish uchun, avvalo, «Asliy masala» va «Asliy masalaning taʼsiri » tushunchalarini anglab, ajratib olishimiz kerak boʻladi.
Dalil faqat asliy masala uchun talab qilinadi, asliy masalaning taʼsiri uchun emas. Sababi, «asliy masalaning taʼsiri » asliy masala taʼsiri tufayli yuzaga kelgan holat hisoblanadi. Shunga koʻra, agar dalillar asliy masala joizligiga dalolat qilsa, demak asliy masala taʼsiri tufayli yuzaga kelgan holat ham joizligini ifodalagan boʻladi.
Holat yanada ravshan boʻlishi uchun bir necha misollar keltiramiz:
1.Musʼhafni ulugʻlash. Bu asliy masala boʻlib, uni joizligini ifoda etuvchi dalillar keltirishga ehtiyoj yoʻq (oʻz-oʻzidan maʼlum). Biroq, uning xalq orasida keng tarqalgan (mushafni oʻpish, unga gʻilof kiydirish kabi) taʼsirlari mavjud boʻlib, bu ayni mushafni ulugʻlashdan sanaladi. Mazkur taʼsirlarning dalillarini talab qilish mantiqsizlik boʻladi. Zero, dalil asliy masala yaʼni asli hukum uchun zarur, taʼsiri tufayli hosil boʻlgan farʼiy holatga alohida dalil soʻralmaydi.
2. Ota-onaga yaxshilik qilish. Bu asliy masala hisoblanib, uning koʻplab dalillarini kitob va sunnatdan topishimiz mumkin. Bunga shubha yoʻq albatta, ammo ularning qoʻllaridan, yoki peshonalaridan oʻpish, ulardan oldin oʻtirmaslik kabi bir qancha asliy masala taʼsiri tufayli yuzaga kelgan holatlari mavjud. Ammo, ularga biror mustaqil dalil soʻrab oʻtirilmaydi.
3. Kaʼbai sharifni ulugʻlash. Biroq, unga osilgan kisvani har yili bir xil sanada almashtirishchi?!
4. Ulamolarni ulugʻlash. U(ulugʻlash)ning shunday koʻrinishlari borki, taʼsiri tufayli hosil boʻlgan farʼiy holatlari juda koʻpligidan aytishga ham hojat yoʻq.
Demak, bu va bunga oʻxshash misollar hayotimizda koʻplab uchraydi. Shunga binoan, aytamizki, mavlidi sharifni nishonlash asliy masala buyruq emas, balki Rosulullohni sevish va muhabbat taʼsiri tufayli hosil boʻlgan farʼiy holat hisoblanadi. Shu sabab, modomiki asliy masala shariy koʻrsatmalarga zid boʻlmas ekan shu asliy masalaga taʼluqli boʻlgan ishlarga dalil talab qilish toʻgʻri emas.
Rosulullohni sevish va muhabbat qilish shariat tamonidan buyrulgan ish ekan, shu maʼnoda u zotga atab sheʼr yozish, siyratlanishi oʻrganish oʻz-oʻzidan mahbub amal boʻlib qoladi. Zero, u zotga boʻlgan muhabbat asliy hukumlarga xilof emas, shuning uchun ham Qurʼoni karimda mana bunday deyilgan:
» (Biz, Muhammadni) Allohga va uning Paygʻambariga imon keltirishlaringiz uchun va uni qoʻllab-quvatlab, izzat-ikrom qilishlaringiz hamda erta-yu kech Unga (Allohga) tasbeh aytishlaringiz uchun (yubordik)[1].»
Shulardan bilishimiz mumkinki, mustaqil dalili mavjud boʻlmagan farʼiy holatlar (modomiki aslga xilof boʻlmas ekan) amal qilish joiz, yoki mustahab darajasiga koʻtarilishi ham mumkin.
Bu ayni sahobalar (r.a) Qurʼon Karimni jamlash borasida qilgan ishlarda yaqqol namoyon boʻladi. Qurʼonni jamlashga dalolat qiluvchi biror hujjat vorid boʻlmagan boʻlsada hazrati Abu Bakr(r.a) bu haqida soʻralganlarida “Bu ish yaxshidir” deb javob berganlar. Chunki, bu ish musʼhafni eʼzozlash zarurligi borasidagi asliy hukum taʼsiri tufayli vujudga kelgan va biror boshqa asliy hukumga teskari ham kelmagan edi.
Agar biz qilayotgan har bir ishlarimizga xuddi asl masaladek dalil talab qilsak bu holatda musaulmonlar hayotini qiyinlashtirib ularga shariatga amal qilish yoʻlini boʻgib qoʻyamiz va oʻzimiz bilmagan holda halolni harom deyishgacha boramiz, bu esa notoʻgʻri. Holbuki, hayot yangidan yangi turli hodisalarga toʻlib toshgandir.
Yuqorida aytilgan asoslarga tayanib aytamizki “Kim mavlid nishonlashga dalil qidirmoqchi boʻlsa u avval eʼtiborini Rosululloh (s.a.v)ni izzat-ehtirom qilish va u kishini yaxshi koʻrishga dalil axtarishga qaratsin. Agar bu ishga dalil topsa endi ul zotni madh etib yozilgan qasidalar-u siyratlarini oʻrganish uchun toʻplanish kabi sof muhabbat taʼsiridan hosil boʻladigan ishlarga dalil soʻrayvermasin, zero dalil asl masala uchun keltiriladi asl taʼsiri tufayli hosil boʻlgan farʼiy holatlar uchun emas ”
Yana bir mulohaza: «Xoʻsh, unda aslga zid keladigan farʼiy holatlarga qanday munosabatda boʻlinadi?»
Javob: Aslga zid keladigan farʼiy holatlar qabul qilinmaydi. Uning joiz ekanligiga dalil mavjud boʻlmaganidan emas, balki aslga zid boʻlgani sabab. Bu esa uni taʼqiqlangan ishlardan ekanligiga yetarlicha xujjat boʻla oladi.
Shundan kelib chiqib aytamizki, farʼiy holatlar haqida savol bergan kishiga uning aslga xilof emasligini bayon qilish yetarli boʻladi. Sahobalar (r.a)ning Rosululloh(s.a.vga tegishli boʻlgan tahorat suvlari, muborak terlari va sochlarini tabarruk qilganligini hech kim inkor etmagan. Ularning orasida olim sahobalar bu ishlarga dalil talab qilmagan. Gap shundaki, ular buni mavjud asliy masaladan kelib chiqqan farʼiy holatlar ekanligini anglashgan.
Xulosa shuki, hech bir kishi mavlidi sharif bayramini nishonlashga dalil talab qilib uni sahobalar tomonidan amalga oshirilmaganini roʻkach qilishga haqqi yoʻq. Sababi, ularning oʻzi bir qancha dalili mavjud boʻlmagan amallarni bajarishganki, unga turtki boʻlgan yagona omil faqatgina Rosululloh(s.a.v)ga nisbtan muhabbatlari edi.
Mavlid sharifni nishonlash uchun qoʻyilgan yagona shart bu nishonlashimiz Islom dining asliy masalalariga xilof kelmasligidir (yaʼni unda shariat qaytargan feʼl va eʼtiqodlar boʻlmasligi).
Agar kimdur yana bizdan mavlidni nishonlash borasida alohida dalil soʻrasa biz ham undan yuzlarcha oʻzi qilib yurgan narsalarni dalilini soʻraymizki u (bechora) bizga oʻsha ishlarini Islomning asl hukumlariga teskari emasligi borasidagi birgina dalildan boshqa narsa keltira olmaydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siymolarini buzish maqsadida har yili takrorlanayotgan hujumni hisobga olib, u zotning siyratlari insoniyatga taʼlim berish maqsadida mavlidi sharif bayramini nishonlashga alohida urgʻu qaratishimiz zarur. Gʻoyamiz – u zotni butun dunyoga komil inson va rahm-shafqat timsoli sifatida tanishtirish.
Sayyidimiz, nabiyyimiz, habibimiz Muhammad (a.s)ga, u zotning oilalariga salovat va salomlar boʻlsin!
Dr. Robi’ Oyidiy. (Urdun)
[1] Fath surasi 9-oyat
Muhammad Izzatullayev
302 guruh talabasi






