Quburiylar (qabrga sigʻinuvchilar) degan atamani gʻuluvga ketgan xavorijlar paydo qilgan boʻlib, ular ushbu soʻzni ummatning Allohni ibodatga loyiq yagona Zot ekaniga iymon keltirgan zotlarga qoʻllashdi. Ushbu atama avvalgi asrlarda maʼlum boʻlmagan.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam oʻz ummatlarini Allohdan oʻzgaga ibodat qilishdan ozod qilganlar, anavi xavorijlar esa aksar musulmonlarni shirk va bidʼat bilan sifatladilar. Hozirda ularning davomchilari boʻlgan zamonamiz xavorijlari vahhobiy (soxta salafiylar)lar bu qabih anʼanani davom ettirmoqdalar. Ular avvalgi xavorijlardan musulmonlarni kufrda ayblashda «peshqadam»ga aylanib ulgurishgan, sababi xavorijlar katta gunoh tufayli takfir qilishgan boʻlsa, bugungi kundagi vahhobiy (soxta salafiylar) Ahli sunna valjamoa imomlari mustahab deb hukm qilgan tavassul va istigʻosani shirk deyishadi va ushbu ishni qilganlarni quburiy-mushrik deb nomlashadi.
Vaholanki Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Men oʻzimdan keyin siz tomonizdan shirk keltirishingizdan qoʻrmayman. Lekin sizlar dunyoga berilishingizdan qoʻrqaman.», deb marhamat qilganlar.
Yana bir hadisi sharifda
Shaddod ibn Avs Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan: » Yo Rasulalloh, ummatingiz sizdan keyin shirk keltiradimilar!?», deb soʻradi.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, ammo ular na Quyoshga va na Oyga va na toshga va na butga ibodat qilishadi, lekin oʻz amallarini riyo qiladilar (riyo-kichik shirk),» deb javob berdilar.
(Imom Ahmad va Hokim oʻzlarining sahih toʻplamlarida rivoyat qilishgan.)
Koʻkaldosh OʻMIBYu matbuot kotibi Rustam Oxunjonov tayyorladi






