SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Matbuot xizmati xodimlari munosib taqdirlandilar
27.06.2023 / Bo‘limda Yangiliklar

Matbuot xizmati xodimlari munosib taqdirlandilar

Bugun, 27-iyun yurtimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanmoqda. Ushbu bayram munosabati bilan “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti rahbariyati taʼlim muassasasida fidoiy xizmat qilib kelayotgan matbuot xodimlarini samimiy muborakbod etadi.

Bu ayyom nafaqat oʻz hayotini shu sohaga bagʻishlagan fidoyi insonlar, balki ularning mashaqqatli ijod va mehnat mahsulidan bahramand boʻladigan millionlab mushtariylar, tinglovchi va tomoshabinlar, butun jamiyatimiz uchun ham qadrlidir.

Mana shunday kunlarda milliy matbuotimizning tamal toshini qoʻygan jadid bobolarimizning: “Matbuot fikrlar tilmochi, millat va el-yurt rivoji yoʻlida xizmatchi, odamlar ongu shuurining quyoshi, har kimning vijdoniga tutilgan koʻzgu boʻlmogʻi lozim” degan fikrlari hozirgi kunimiz uchun ham gʻoyat muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlashimiz tabiiydir.

Maʼrifatparvar ajdodlarimizning bu olijanob orzu-intilishlari faqatgina mustaqilligimiz tufayli roʻyobga chiqdi.

Keyingi yillarda yurtimizda roʻy berayotgan tarixiy oʻzgarishlar natijasida ommaviy axborot vositalarini erkin fikr minbariga, xalqimiz manfaatlarining faol himoyachisiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin, ijtimoiy muhit yaratildi.

Matbuot xizmati xodimlari munosib taqdirlandilar (1)
Matbuot xizmati xodimlari munosib taqdirlandilar (2)

Bugun bilim yurtimizda ana shunday fidoiy hizmat qilib kelayotgan bir nechta matbuot xodimlari taqdirlandi. Jumladan Matbuot kotibi R.Ahundjanov, operator M.Miraʼzamov, sayt muharriri T.Parpievlar maqtov yorligʻlari, hamda bir oylik ish haqqi miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Matbuot xizmati xodimlari munosib taqdirlandilar (3)
Matbuot xizmati xodimlari munosib taqdirlandilar (4)
Matbuot xizmati xodimlari munosib taqdirlandilar (5)
Matbuot xizmati xodimlari munosib taqdirlandilar (6)
Matbuot xizmati xodimlari munosib taqdirlandilar (7)

Shuningdek, taʼlim muassasasini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirishda faol mehnat qilib kelayotgan madrasa bogʻboni   J.Umarov ham maqtov yorligʻi,   hamda bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov tomonidan shaxsan taqdim qilingan qoʻchqor bilan taqdirlandi.

Matbuot xizmati xodimlari munosib taqdirlandilar (8)
Matbuot xizmati xodimlari munosib taqdirlandilar (9)

Alloh taolodan xodimlarimiz mehnatlarini ajrini ziyoda qilib berishini soʻraymiz, hamda ularning kelajakdagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Matbuot xizmati xodimlari munosib taqdirlandilar (10)
Matbuot xizmati xodimlari munosib taqdirlandilar (11)

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Gʻaniev

What you can read next

Oliy maʼhadning Angrendagi Qurʼon kursi bitiruvchilariga sertifikat topshirildi
Oliy maʼhadning Angrendagi Qurʼon kursi bitiruvchilariga sertifikat topshirildi
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам тановул қилган таомлар”
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам тановул қилган таомлар”
“Qurʼoni karim va tajvid” boʻyicha oʻquv kursining navbatdagi 71-davra mashgʻulotlari yakunlandi.
“Qurʼoni karim va tajvid” boʻyicha oʻquv kursining navbatdagi 71-davra mashgʻulotlari yakunlandi.

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP