KOʻKALDOSH OʻRTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTIGA 2023-YILGI QABUL JARAYONI 2023-YIL 20-IYUNDAN BOSHLANADI
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish 20-iyundan 20-iyulga qadar (OFFLINE SHAKLDA) davom etadi.
Abituriyentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
✅ Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti rahbari nomiga ariza;
✅ pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
✅ maʼlumoti toʻgʻrisida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
✅ 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (soʻnggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda boʻlishi talab etiladi);
✅ chet tili bilishi toʻgʻrisidagi sertifikat (maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan chet tilidan boshqa chet tili boʻyicha imtihon topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.
???? Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga yurtimizdagi oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarini tamomlagani toʻgʻrisidagi hujjat (diplom)ga ega boʻlgan fuqarolar qabul (test sinovi) imtihonlari natijalariga koʻra oʻqishga qabul qilinadi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati






