Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
11-hadis
Hasan juda mehribon bola edi. Baxtga qarshi u avtohalokatga uchradi va natijada ikki koʻzidan ayrildi. Shunga qaramasdan Hasan oʻzini dadil tuta oldi va boshqalarning yordamiga muhtoj boʻlmasdan yashay olishni oʻrgandi. U koʻpincha qishlogʻidan shaharga yolgʻiz borib kelardi. Bir kuni shu qishloqda yashovchi oʻziga juda ishongan Mirtazo ismli bola Hasanni mazah qilish maqsadida: “Hasan, kel bellashuv uyushtiramiz. Ikkimizdan qay birimiz birinchi shaharga yetib borar ekanmiz?” –dedi. Hasan uning taklifini jiddiy qabul qildi va: “Roziman, agar yengilsang, magʻlub boʻlganingni chindan tan olib buni barchaga izhor qilasanmi?”-dedi. Uning bunday shartidan Mirtazo xoxolab kuldi va: “Sen aytgancha boʻlaqolsin”,- dedi bepisand ohangda. Hasan: “Meni yana bir shartim bor. Bellashuv vaqtini men belgilayman” – dedi. Mirtazo Hasanni gʻalaba qozonishining ehtimoli ham yoʻqligini hayol qilib: “Yana xohlagan shartingni qoʻyishing mumkin”- dedi. Ular tun qorongʻusida oʻrmon yoʻli orqali shaharga birinchi yetib borish uchun bellashishga kelishib oldilar. Hasan kechasi va kunduzni farqiga bormaganligi bois yoʻlini yoʻqotmasdan birinchi boʻlib ketdi. Mirtazo esa qorongʻu oʻrmonda yoʻlini yoʻqotib, jarliklarga tushib, daraxt shoxlari yuzlarini timdalagan holda Hasandan yarim soat keyin shaharga yetib bordi. Eh, bechora Mirtazo! Agar u Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamning ushbu hadislarini bilganida edi, bunday yoʻl tutmagan boʻlar edi:
“إنّ الله عز و جل أوحي الي أن تواضعوا حتي لا يفخر أحد علي أحد”
“Alloh taolo menga tavozeʼli boʻlmoqlikni vahiy qildi, hech kim boshqalardan oʻzini ustun sanamasin”.
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi






