Bugun 30 aprel kuni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi oʻqituvchi, ishchi-xodim va talabalarning muhim siyosiy jarayon – referendumda munosib ishtirok etishdi.

Ushbu siyosiy jarayonda fuqarolarimizni ishtirok etishi shunchaki ovoz berish emas, balki xalqimiz hayotida yangi sahifa ochilishiga oʻz hissalarini qoʻshish demaktir. Zero yangilangan Davlatimizning Bosh Qomusida fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish darajasi bir necha marta oshirilmoqda.




Referendumda «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida»gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi ovozga qoʻyilgan. Maʼlumki, bu jarayonga bir yarim yil mobaynida puxta tayyorgarlik koʻrildi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinib, xalqning fikri oʻrganildi. Jamoatchilik tomonidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushdi. Ularning har toʻrttasidan bittasi loyihadan joy oldi.
Ushbu takliflar asosida yangilanayotgan Konstitutsiya moddalari soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalari 275 tadan 434 taga oshdi. Yaʼni, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi. Bunda xalqaro tajriba ham inobatga olindi, turli sohalardan yetuk mutaxassislar va ekspertlar jalb etildi.




Konstitutsiya davlatimiz barqarorligi va kelajagi, inson manfaatlarining huquqiy asosidir. Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi oʻqituvchi, ishchi-xodim va talabalar buni chuqur his etgan hollarida referendumda faol ishtirok etishdi.
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi matbuot xizmati






