SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
СОХТАЛАШТИРИЛГАН “ЖИҲОД” (моҳият ва талқин) 1-қисм
25.02.2023 / Bo‘limda Bagʼrikenglik va jamiyat, Maqolalar

Soxtalashtirilgan “jihod” (mohiyat va talqin) 3-qism

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam davri jamiyatida zarurat sifatida bugungi armiya singari xavf-xatar va dushmanlardan himoyalanish choralari koʻrilgan. “Ularga qarshi imkon boricha kuch toʻplab otliq askar tayyorlab qoʻying. Bu bilan Allohning va oʻzingizning dushmaningizni, shuningdek oʻzingiz bilmay Allloh biladigan boshqa dushmanlarni ham qoʻrqitib qoʻyasiz. Alloh yoʻlida nima xayr-ehson qilsangiz oʻzingizga toʻliq qaytariladi. Sizlarga aslo nohaqlik qilinmaydi” (Anfol, 60). Chunki, Madinaning daxlsizligi, undagi aholining hayotiga Makka doim xavf solib turgan. Muqarrar dushmanga qarshi kuch toʻplash, armiya yaratish zarurati paydo boʻlgan. Mudofaa yaratishga hissa qoʻshganlarning harakati ham jihod deya baholangan.

Muhammad sollallohu alayhi vasallamning paygʻambarligi butun insoniyat uchun boʻlgani sababli oʻz navbatida uning dini dasturi barchani adolatsizlik, zulmdan qutqarishga qaratilgan edi. Shu sababli jihod johiliyat davridagi adolatsizlik, tengsizlik, zulmu sitamga barham berish kabi keng qamrovli mazmunga ega atama sifatida ishlatilgan.

Islom nomini eshitib nafratlangan va islomni yoʻq qilishga urinish barobarida nafaqat musulmonlarning balki, musulmon yurtida yashayotgan oʻzga din va millat vakillarining moli, joni, hududiy daxlsizligiga tajovuz qilganlarga qarshi urush, jang qilishga Qurʼoni Karimda “qitol” yaʼni “urush” soʻzi bilan buyurilgan. Shu maʼnoda urush jihod harakatining bir tarmogʻi boʻlib, urushlarda dushman tomonni islom diniga kiritish ahamyat kasb etmagan. Maqsad adolatni va tinchlikni taʼminlash boʻlgan. “Ey imon keltirganlar! Yon-atrofingizdagi kofirlar bilan jang qiling. Ular shiddatingizni koʻrsin. Bilib qoʻying, Alloh taqvodorlar bilan birgadir” (Tavba, 123).

Islom dini koʻrsatmasiga binoan dinni yoyish zoʻrlik va urush bilan emas, balki ilmu hikmat va goʻzal vaʼz bilan amalga oshiriladi.

Jang maʼnan jihodning bir tarmogʻi sifatida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam tomonidan kichik jihod deya taʼriflangan. Kichik jihod shartlari Qurʼon oyatlarida bunday ifodalanadi: “Sizlarga qarshi jang qiluvchilar bilan Alloh yoʻlida jang qiling, lekin haddingizdan oshmang (yaʼni, jang qonun-qoidalarini buzmang). Alloh haddidan oshuvchilarni sevmaydi” (Baqara, 190).

Jang qoidalari quyidagicha tushuntiriladi: “Taʼqiqlangan oyda sizlarga qarshi urishilsa qarab turmang. Hurmatga arzimaganning jazosi qasosdir. Kim qancha tajovuz qilsa siz ham shuncha tajovuz qiling. Allohdan qoʻrqing. Alloh taqvodorlar bilan birgaligini bilib qoʻying” (Baqara, 194). Urushdan oldin ikki tomon yosh bolalarni, ayollarni, qariyalarni, oʻzga din vakili boʻlsada olimlarni oʻldirmaslik, jasadlarni xoʻrlamaslik, binolarni buzmaslik, ekinzorlarni payhon qilmaslik boʻyicha shartlashgan.

Musulmonlarning huquq va erkinligini cheklagan, ularning tinchligi va xotirjamligiga rahna solganlarga qarshi birdaniga urush ochilmagan. Turli muzokara, muhokamalar orqali imkon boricha tinch yoʻl bilan hal qilishga harakat qilingan. Chunki, urushdagi gʻalabadan har ikki tomondagi jangchilar zarar koʻradi – yaralanadi, nogiron boʻlib qoladi, vafot etadi, oilasiga musibat yetadi, butun jamiyat, mamlakat aziyat chekadi.

Bugungi “jihod” nomi bilan atalayotgan faqatgina urushga markazlashtirilgan notoʻgʻri talqinlar ortidan sodir boʻlayotgan xunrezliklar misolida mahalliy tinch aholi, hukumat harbiylari, adashganlar tomonida boʻlganlar, har ikkala tomondagilarning oila aʼzolari, jamiyatlari, hatto mamlakatlariga ozor yetmoqda. Aqidaparastlik gʻoyalariga aldanganlarning oʻzi maʼnisiz janglarda jisman yoʻq boʻlib ketganda ham, yaqinlari, ajdod-avlodi, mahalladoshlari, yurtdoshlarini isnodga qoldirmoqda. “Jins jihodi” gʻoyasi ostida ayollar bilan qilinayotgan inson tabiatiga toʻgʻri kelmaydigan jirkanch muomala musulmonlarning boshini egmoqda. Bu bilan dindoshlar ongsiz, dushmanlar esa ongli ravishda sof dinni obroʻsizlantirmoqda, yoʻq qilishga urinmoqda. Azaldan musulmon sanalgan, oʻz davrining islomiy markazi boʻlgan koʻhna Shom yurtlarida musulmonlarni, ularning ulamolarini, begunohlarni, ojizlarni – yosh bolalar, qariyalar, hatto xomilador ayollarni vahshiyona oʻldirish, masjidlarni buzish, madaniy merosni yoʻq qilish, talonchilik, oʻziga tegishli boʻlmagan moddiy neʼmatlarga harom yoʻl bilan erishish orqali “Islomiy davlat” qurishga harakat qilindi va bugungi kunda davom etmoqda.

“Islomiy davlat” gʻoyasi islomiy-diniy manbalardan gʻarazli foydalangan holda qaysidir guruh manfaatini koʻzlab ishlab chiqilgan. Uning bosh maqsadi nafsiga qul boʻlganlarning dunyoni qayta boʻlib olish, qurol-yaroq sotish va koʻproq moddiy neʼmatlarga ega boʻlish kabi xohishlarini qondirishga qaratilgan ekanligi kechayotgan voqealarni kuzatayotgan barchaga ayon.

Qaerda-ki musulmon uchun oʻz diniy rasm-rusmlarini bajarishga imkon berilgan boʻlsa oʻsha joyning tinchligini saqlash uning burchiga aylanadi. Boshqacha boʻlishi mumkin emas: “Alloh sizlar bilan din yoʻlida jang qilmagan va yurtingizdan chiqarib yubormaganlarga yaxshilik va adolat qilishingizni man etmaydi. Albatta, Alloh adolatli kishilarni sevadi” (Mumtahana, 8). Musulmon oʻzga din, millat, mamlakat vakillari bilan doʻstlashishi, ularga ijtimoiy moddiy yordam koʻrsatishi, ular bilan xushmuomalada boʻlishi shart.

M.Nasriev, “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri, TII “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi

What you can read next

Эркак ва аёл бир-бирига суянчиқдирлар
Эркак ва аёл бир-бирига суянчиқдирлар
ХОТИРА – МУҚАДДАС, ҚАДР – АЗИЗ
Хотира – муқаддас, қадр – азиз
МУЛЛА АЛИЙ АЛ-ҚОРИ РАҲМАТУЛЛОҲИ АЛАЙҲ – ҲАНАФИЙ МАЗҲАБИНИНГ ҲИМОЯЧИСИ.
Мулла Алий ал-Қори раҳматуллоҳи алайҳ – ҳанафий мазҳабининг ҳимоячиси.

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP