SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Mualliflik huquqiga doir hukmlar. Muallif ruxsatisiz iqtibos olish nojoizmi?
14.02.2023 / Bo‘limda Fiqh, Maqolalar

Mualliflik huquqiga doir hukmlar. Mualliflik huquqi ilm va ibodatga pul olish emasmi?

Mualliflik huquqi ilm va ibodatga pul olish emasmi? “Mualliflik haqi, qalam haqi deb beriladigan toʻlovlar bu ilm va ibodatga, Alloh taologa yaqinlashtiruvchi amalning evaziga pul olish emasmi?”, degan savolning javobi quyidagicha: “Yoʻq. Unday emas. Bu eʼtiroz toʻgʻri emas. Chunki mutaaxxir faqihlar toat-ibodat maʼnosidagi amallarga ham, xususan, imomlik qilish, azon aytish, Qurʼon taʼlimi kabi amallarga ham haq olish joizligini aytib, fatvo berganlar. Mazkur ishlarga haq olishni ham mutaqaddim faqihlar qattiq taʼqiqlaganlar. Vaqt oʻtishi, zamon avvalgidan butkul oʻzgargani sababli keyingi davr faqihlari, jumladan, hanafiy mazhabi faqihlari musulmonlarning manfaatlarini koʻzlab, bu ishlarga haq olishga ruxsat berganlar”.

Imom Abu Muhammad ibn Abu Zayd Qayravoniy uylariga bir qoʻriqchi it olib boqayotganlarini koʻrgan kishilar unga: “Iya, siz ham it boqayapsizmi? Imom Molik buni makruh deganlar-ku!”, deganlar. U kishi ularga javoban: “Agar Imom Molik bizning zamonimizda yashaganida edi, yirtqich sher boqqan boʻlar edi”, degan ekanlar. Hanafiy mazhabiga oid mashhur va moʼtabar matnlardan biri «Muxtasarul Viqoya»da mutaqaddim faqihlar tomonidan masjidning eshigiga qulf solish makruhligi aytiladi. Mutaaxxir faqihlardan Mulla Ali Qori rohimahulloh aynan shu matnning sharhida: “Bugungi kunda makruh emas, balki masjidlarni qulflab qoʻyish vojibdir. Chunki hozirgi zamon odamlarining xulqi fasod boʻlib ketgan. Masjid anjomlarini oʻgʻirlashdan ham toymaydilar”, degan maʼnodagi fikrni aytganlar. Mualliflik haqi ham shu kabi amallar sirasiga kiradi.

Bu haqdan zakot beriladimi? Mualliflik va ixtiro haqlarining oʻzlarida zakotga qoʻyilgan shartlar topilmagani uchun ulardan zakot berilmaydi. Lekin ulardan foydalanilsa, ishlatilsa, masalan shu huquqni maʼlum miqdordagi pul evaziga sotilsa, shu pulni ham daromadlar qatoriga qoʻshilib, nisob (zakot berish farz boʻlishi uchun shariat tomonidan belgilangan maʼlum miqdor)ga yetsa, boshqa naqd-pul va mol-mulklari qatorida undan ham zakot beriladi. Farazan, kambagʻal odam mualliflik huquqini sotsa va shu puldan uning zaruriy ehtiyojlari qondirilganidan ortgan qismi sharʼiy nisobga yetib, shariat nazarida boy deb eʼtiborga olinadigan boylar qatoriga kirib qoladigan boʻlsa, shu pul qoʻliga toʻliq yetib kelgan kundan roppa-rosa bir yil oʻtib, uning qirqdan bir qismini zakot tarzida faqirlarga beradi.

Nega avvalgi faqihlar buning moliyaviyligi borasida bir soʻz aytmaganlar? Taʼlif haqi maʼnaviy haqlarning eng yorqinlaridan biridir. Islom tarixining ilk davrlarida ham taʼlif va mualliflar boʻlgan-ku?! Nega avvalgi faqihlar uning moliyaviyligi borasida bir ogʻiz ham soʻz aytmaganlar?

Toʻgʻri. Avvalgilar ilmni tarqatish va ajr olishga hozirgi kundagidan koʻra ishtiyoqmand boʻlganlar. Qolaversa, muallifning birgina qoʻlyozma kitobidan bir necha nusxa olish uchun bir necha kotib va xattotlarni pulga yollab, soʻng ular koʻchirib, nusxa olib berganlar. Nusxa oluvchilarning ishi va ularga beriladigan toʻlovning oldida muallifning mehnati koʻzga koʻrinmay, eʼtibordan chetlashgan. Ikkinchi tomondan esa, bu nusxa olish aksar hollarda saroylarda davlat hisobidan amalga oshirilar va koʻchirilgan kitoblar bepul tarqatilar edi.

Bugungi kunda esa bir kitobga ham muallif, ham muharrir, ham nashriyot va boshqalar birga ishlaydi. Lekin kitobning va mazkurlarning barchasining sarf-xarajati esa faqat muallifning hisobidan boʻladi.

Uchinchi tomondan, «Avvallari nega mualliflik huquqi haqida gap-soʻz boʻlmagan, deyilsa, u holda: “Toʻgʻri, mualliflik huquqi boʻlmagani kabi undan nusxa olib, qimmat narxda sotish ham boʻlmagan. Bugungi kunda ham shundaymi? Noshirlar va nashriyotlar bepul tarqatsinlar, marhamat! Shunda mualliflik huquqi toʻgʻrisida hozir ham gap-soʻz boʻlmas edi, – deb javob qilinadi.  Yuqorida aytilganidek, bugun, muallif qashshoq, noshirlar boy zamon boʻlib qolgan! Masalan, baʼzi kishilar oliy oʻquv yurtlarida ishlab, musulmonlarning farzandlariga diniy ilmlarni oʻrgatadilar. Ularning barchalari oylik haq oladilar. Mualliflik haqi ham oylik haqiga oʻxshash bir narsada! Agar farazan, xayriya jamiyatlar chiqib, kitoblarni oʻz hisoblaridan chop ettirib, bepul tarqatsalar, unda mualliflik haqi talab qilish haqida salbiy fikr aytsa joiz boʻlar edi. Hozirda bu ham tijoriy ishga aylanib qoldi. Hamma oʻz ulushini oladi: Noshir ham, sotuvchi ham… Jumladan, asosiy qahramon muallif ham. Nega ikkinchi darajali odamlar qolib, bosh qahramonga taʼna-dashnom qilish kerak?! Hozirda mualliflarga «Qanday qilib diniy ilmlar evaziga haq olasizlar?», degan tanqid bilan kitoblarini bepul olib ketib, uni nashr qilib, xohlagan narxlarida sotib, foydalanmoqdalar! Bepul tarqatganlarida edi, tushunarli boʻlar edi!

Toʻrtinchidan esa, avvallari qaysidir muallifning biror qoʻlyozma kitobini bir nechtagina adadda koʻpaytirish yoki nusxa olish uchun bir necha xattotlarni jalb etish, ularga bir qancha haq toʻlab, to ular qoʻlda nusxa olib chiqqunlarigacha kutish evaziga oz sonli kitob nusxasi qoʻlga kiritilar edi. Nusxa olishdan ilgari, oʻsha zamonning odatiga koʻra, qariyb barcha mualliflar kitoblarini podshoh yoki uning oʻgʻli nomiga bagʻishlab yoxud kitobida podshohga yoki uning oila-aʼzolarining madh-maqtoviga alohida bir boʻlimni ajratib, yozib bitkazgach, podshohlarga tortiq qilar edi. Va oʻz navbatida podshohlar ham oʻziga munosib mukofotlab, kitobning vaznicha tillo hamda sarpo va turli sovgʻa-salomlar berib, ragʻbatlantirar edi. Goʻyoki bu yoʻl bilan muallifdan kitobni nashr etish huquqini sotib olinar edi. Shu bilan mualliflarning dunyoviy ehtiyojlari ham durustgina qondirilar edi. Soʻng u kitobni saroy kotiblariga davlat hisobidan maosh toʻlanib, nusxa koʻchirtirilar va xalqqa bepul tarqatilar edi. Bunga esa buyuk imomlar hayoti va faoliyatida son-sanoqsiz tarixiy misollar topiladi.

Mualliflik huquqi deganda faqatgina kitob yozgan odamning huquqi tushunilmaydi. Kimda-kim biror bir yangilik ixtiro qilsa, xoh u moddiy boʻlsin, xoh u maʼnaviy boʻlsin, hech qanday shak-shubhasiz, mualliflik huquqiga ega boʻladi. Tijorat sohasiga tegishli gʻoya yoxud loyiha ishlab chiqqan odamda, shu gʻoya yoki loyihaga tegishli mualliflik huquqi boʻladi. Radio-televidenie sohasida birorta koʻrsatuv yoki eshittirish tayyorlagan shaxsda ham mualliflik huquqi boʻladi. Kino sohasida ham shunday, yaʼni qaysidir rejissyor film suratga olsa, u shu filmning mualliflik huquqiga ega boʻladi va uning iznisiz hech qaysi bir shaxsning bu filmni kinoteatrlarda namoyish qilishi, disklarga nusxa koʻchirib sotishi ham sharʼan, ham qonunan man etiladi.

Islom Fiqhi Akademiyasining Quvayt davlatida hijriy 1409-yil, Jumodul avval oyining 1/6-kunlari, melodiy 1988-yil,10/15-dekabr kunlarida oʻtkazilgan beshinchi davra Konferensiyasining «Maʼnaviy haqlar toʻgʻrisidagi» qarori:

Aʼzo va ekspertlarning «Maʼnaviy haqlar» borasidagi bahslarini oʻrganib hamda u haqdagi bahs-munozaralarni eshitgandan soʻng Majlis quyidagicha qaror qabul qiladi:

Uchinchi band: Taʼlif-mualliflik, kashfiyotchilik va ixtiro haqi sharʼiy himoyalangan boʻlib, egalari (xohlaganlaridek) tasarruf qilish haqiga ega. U haqlarga tajovuz qilish joiz emasdir! Vallohu aʼlam.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi mudarrisi Ahmedov Oxunjon

What you can read next

ҲИКОЯЛАРДА АКС ЭТГАН “ҚИРҚ ҲАДИС”. ФАРЗАНДЛАРИМИЗ УЧУН...
Камар
Усулул фиқҳ илми ва унинг тарихи.
Усулул фиқҳ илми ва унинг тарихи.
Имом Абу Ҳанифа ростдан ҳам шундай деганмилар?
Имом Абу Ҳанифа ростдан ҳам шундай деганмилар?

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP