SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Jorj Oruellning “1984” romani oʻqildi
07.02.2023 / Bo‘limda Yangiliklar

Jorj Oruellning “1984” romani oʻqildi

Joriy oʻquv yilidan madrasamizda “kitobxonlar klubi” faoliyatini yoʻlga qoʻyganimizdan xabaringiz bor. Klubning maqsadi talabalarni kitob oʻqishga daʼvat etish, hamda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab quvvatlash, bu orqali esa ularda oʻzlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻusini shakllantirishdir.

Bugunga qadar klub aʼzolari bilan bir nechta jahon va oʻzbek adabiyoti durdonalarini oʻqib, qizgʻin muhokama qildik. Klubning navbatdagi sonida biz Jorj Oruellning “1984” romanini oʻqidik.

Jorj Oruellning “1984” romani oʻqildi (1)
Jorj Oruellning “1984” romani oʻqildi (2)

Antiutopik janrda yozilgan bu asar dastlab “Yevropadagi oxirgi inson” deb nomlangan edi. Lekin, kitobni nashr etishdan avval uning nominni oʻzgartirish qatʼiy talab etilganligi bois J. Oruell kitob nomini “1984” deb oʻzgartiradi. Xoʻsh, J.Oruell asarinni nima sababdan bunday nomlagan edi? Bunday nomni eshitgan odam, “demak, bu asar turli xil fantastik filmlardagi kabi insoniyatning yoʻq boʻlib ketishi, uning gʻayridunyoviy maxluqotlar bilan kurashi toʻgʻrisida boʻlsa kerak” degan fikrga kelishi mumkin. Lekin, J. Oruellning bu asari yagona tirik qolgan, yoki jismoniy jihatdan yoʻqlikka yuz tutgan insoniyat haqid emas. Asarda, bizning dunyomizda boʻlgani kabi millionlab, milliardlab odamlar hamon yashamoqda edi, lekin asarning bosh qahramoni Uinston bir jihatdan Yevropadagi, balki Yer yuzidagi oxirgilardan edi. Xoʻsh, Uinston qaysi jihati bilan millionlab odamlar ichida oxirgilardan edi? U fikrlar edi, u inson edi va shu sababdan partiyaning – “Katta ogʻa”ning dushmanlaridan edi. Tabiiyki aytishingiz mumkin, “odam boʻlarkan-u, fikrlamas ekanmi?” deb; ha boʻlgan va boʻladi ham. Tarixda insoniyat boshiga balolar yogʻdirgan shaxslarning hokimiyat tepasiga kelishiga, diktaturalarning, totalitar tuzumlarning vujudga kelishiga insonlarning fikrlamasligi sabab boʻlgan. “1984” romani 1988-yilda SSSR hududida taqiqlangan. Bu bejizga emas, romandagi voqealarga Sobiq Sovet tuzumi asos qilib olingan. Asarda hukmron partiyaning asosiy maqsadi bu insonlarni fikrlashdan toʻxtatish edi, va bunga deyarli erishgan edi. Partiya – “Katta Ogʻa” hammani, har joyda telekranlar orqali kuzatar, jamiyatdagi hamma bir-biriga biriktirib qoʻyilgan josus edi, hatto bolalar aqlini tanib ulgurmasdan josuslik maktablarida taʼlim olishardi. Uinston kabi fikrlash qobilyatini saqlab qolganlar tinimsiz qidirilar, topib jazolanar, ular fikrlashdan toʻxtatib, “bugʻlantirib” yuborilar edi. Partiya “fikrjinoyat”ni amalga oshirganlarni payqagach, ularni darhol oʻldirmas edi. “Fikrjinoyatchi”lar tutilgach, ularni “davolashar”, yaʼni fikrlashdan toʻxtatib “ikki karra ikki besh” ekanligiga ishontirib soʻngra “bugʻlantirib” yuborishar edi.

Insonni fikrlashdan toʻxtatish mumkinmi, buni qanday qilish mumkin, bu orqali nimalarga erishish mimkin? Uinston “Katta Ogʻa”ning kuzatuvidan qochib qutila oladimi? U oʻzi kutgan porloq kelajak bir kun keladimi, yoki Partiya abadiy yashab qoladimi? Bu savollarga javob topishni istasangiz, “1984” romanini albatta oʻqib chiqing.

Asardan iqtiboslar:

“Yangitildagi har bir qisqartirish yutuqdir, chunki soʻzlar qanchalik kam boʻlsa, shunchalik oʻylashga sabab kam boʻladi. Oxir-oqibatda nutq bevosita tomoqning oʻzida hosil boʻladi, miya va asablar kerak boʻlmay qoladi…” ;

“Matbuot paydo boʻlganidan keyin ijtimoiy fikrni boshqarish osonlashdi; radio va kino bu borada yanada oldinroqqa ketdi. Televizion texnika rivojlanib, bitta uskuna bilan maʼlumotni ham qabul qilish, ham uzatish imkoni paydo boʻlgach, shaxsiy hayot tamom boʻldi” ; (roman 1949-yilda nashr etilgan)

“Oʻtmishni boshqara olgan kelajakni ham boshqaradi; bugunni boshqargan oʻtmishni ham boshqaradi” ;

“Ular ichingga kira olmaydi. Agar sen inson boʻlib qolish muhim ekanini his qilsang, bu sengga hech narsa bermasa ham sen ularni yenggan boʻlasan” ;

“Balki, inson sevilishdan ham koʻra tushunishlariga koʻproq muhtojdir”.
«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi «Kitobxonlar klubi» aʼzosi 3-kurs talabasi Hayitmurodov Ilyos

What you can read next

Bilim yurtda kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi
Bilim yurtda kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi
7 саволга 7 жавоб: Намозга боғлиқ саволлар
7 саволга 7 жавоб: Намозга боғлиқ саволлар
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида “Битирув малакавий иши”
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида “Битирув малакавий иши”

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP