«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida talabalar bilan rahbariyat ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) M. Erkayev, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari A. Gʻaniyev, Oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari N. Djalolov, Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi F. Asatullayev hamda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari qatnashdilar.



Yigʻilish davomida talabalar odob-axloqi, ichki tartib-intizomga rioya etish, davomat masalalari hamda taʼlim jarayoniga masʼuliyat bilan yondashish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, darslarga muntazam qatnashish, vaqtni samarali tashkil etish, ustozlarga hurmat va ilmga boʻlgan ehtiromni yanada kuchaytirish zarurligi alohida taʼkidlandi.



Shuningdek, talabalar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan ayrim kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq tavsiya va koʻrsatmalar berildi. Yoshlarning maʼnaviy barkamolligini oshirish, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida talabalarni bilim olishga yanada jiddiy yondashish, bilim yurti nufuzini munosib himoya qilish, ichki tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilish hamda yuksak odob-axloq namunasini koʻrsatishga chaqirildi.
Saidakramov Saidazimxon
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi





