SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining 55 yilligiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani boshlandi
29.10.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining 55 yilligiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani boshlandi

Bugun, 2026-yil 29-oktabr kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligi munosabati bilan “Dolzarb aqidaviy va zamonaviy fiqhiy masalalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻz ishini boshladi.

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining 55 yilligiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani boshlandi (1)
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining 55 yilligiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani boshlandi (2)
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining 55 yilligiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani boshlandi (3)
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining 55 yilligiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani boshlandi (4)
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining 55 yilligiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani boshlandi (5)

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi jamoasi ham muassasa direktori M.Erkayev boshchiligida anjumanda ishtirok etmoqda.

Mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohani rivojlantirish, diniy taʼlim tizimini takomillashtirishga katta eʼtibor qaratilayotgan bugungi kunda yurtimizning yetakchi oliy diniy taʼlim dargohi oʻzining 55 yillik shonli yubileyini nishonlamoqda.

Nufuzli anjumanda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbariyati, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari direktorlari, oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalari vakillari, yetuk olimlar, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda imom-xatiblar ishtirok etmoqda.

Anjumanning yalpi majlisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx N.Xoliqnazar hazratlari, Toshkent islom instituti rektori U.Gʻafurov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari D.Maxsudov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari H.Ishmatbekov, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori F.Abduxoliqov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori K.Shermuhamedov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi A.Yunusov domla hamda “Muftiy Boboxonovlar” jamgʻarmasi direktori J.Boboxonov soʻzga chiqdilar.

Notiqlar Toshkent islom institutining mamlakatimiz diniy-maʼrifiy hayotidagi oʻrni, malakali diniy kadrlar tayyorlashdagi ahamiyati hamda ilmiy merosni oʻrganish borasidagi faoliyati haqida toʻxtalib oʻtdilar. Shuningdek, zamonaviy aqidaviy va fiqhiy masalalarni chuqur oʻrganish, ularga ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish hamda diniy taʼlimda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

Tadbirda institutning 55 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan maqolalar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi. Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida islom ilmlari va arab tili boʻyicha oʻtkazilgan IV xalqaro olimpiadada sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan iqtidorli talabalar ham munosib taqdirlandi. Jumladan, A.Odiljonov “Islom huquqi (hanafiy mazhabi)” yoʻnalishida birinchi, A.Gʻofurov “Arab tili” yoʻnalishida uchinchi, M.Abdusalimov esa “Din asoslari” yoʻnalishida uchinchi oʻrinni egallagan edi. Olimpiada yakunlariga koʻra, institut jamoasi ishtirokchi taʼlim muassasalari orasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Shuningdek, diniy taʼlim va ilm-fan sohasi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun bir qator fidoyi ustozlarga “Faxriy professor” unvonlari topshirildi.

Anjuman ishi ikki shoʻbada davom etmoqda.

✍ «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
Matbuot xizmati

Tagged under: anjuman, Yangiliklar

What you can read next

Исмоил Муҳаммад Содиқ: Қуръони Карим кириб борган хонадонга файзу барака ёғилади
Исмоил Муҳаммад Содиқ: Қуръони Карим кириб борган хонадонга файзу барака ёғилади
Аллоҳ тақдирига бўйсуниш фарздир
Фатво тушунчаси ва фатво бериш шартлари
Фатво тушунчаси ва фатво бериш шартлари

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP