“Yoshlarni kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan doʻst boʻlishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozim”
Sh.Mirziyoyev
Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin doʻst va bebaho boylik hisoblanadi. Yoshlar tarbiyasida uning oʻrni muhim. Millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabatini, kitobxonlik darajasiga qarab aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.



Bu eʼtiborning ifodasi sifatida “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus bilim yurti ham kitobxonlik tadbirlari oʻtkizilyapti. Shu jumladan kecha 27-fevral bilim yurti Axborot resurs markazi mudiri A.Bannnayev va bilim yurti talabalari “Kitob insoniyatning qalb gavhari, tafakkur xazinasi” mavzusi doirasida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Manbalar xazinasi” saqlanayotgan kitoblar fondiga tashrif buyurdilar. U yerda fond xodimi “Manbalar xazinasi” saqlanayotgan kitoblar fondida 500 dan ortiq qoʻlyozma va 1500dan ortiq tosh bosma asarlari, 2004-yil buzoq terisiga koʻchirilgan Usmon mushafi hamda “Katta Langar qurʼoni” nusxalari ham saqlanishi haqida maʼlumot berdi. Bu nusxalar xalqaro koʻrgazmalarga olib borilar ekan. Shuningdek, u yerdagi Axborot resurs markazi bilan ham tanishildi. Axborot resurs markazida 8 mingdan ziyod nomli 78ming ortiq turli xil adabiyotlar saqlanadi.


Darhaqiqat, Kitob – tafakkur qanoti. Bu qanot mustahkam boʻlsa, yuksak kengliklar sari intilishdan topilmaydi. Kitobga boʻlgan qiziqish oʻsib kelayotgan yosh avlodning maʼnaviy dunyosini boyitishga cheksiz xizmat qiladi. Kitob –ruhiyatimizning ozuqasi, u bilan doʻstlashish nafaqat bizni maʼnan yuksaltiradi, baki jahonga tanitadi.
Axborot resurs markazi mudiri A.Bannayev





