SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
СОХТАЛАШТИРИЛГАН “ЖИҲОД” (моҳият ва талқин) 1-қисм
28.02.2023 / Bo‘limda Bagʼrikenglik va jamiyat, Maqolalar

Soxtalashtirilgan “jihod” (mohiyat va talqin) 4-qism

Jang maʼnosidagi kichik jihod din, shaxs, vatan, obro‘, mol-dunyo va himoya qilinishi lozim boʻlgan daxlsizligi buzilganda musulmonlarning umumiy rahbari tomonidan eʼlon qilinadi. Islomiy va boshqa teokratik (diniy) davlatlarda oʻz-oʻzidan diniy rahbar, demokratik va boshqa tuzumdagi davlatlarda oʻsha davlatning rahbari tomonidan eʼlon qilinadi.

Teokratik boʻlmagan davlatlarda tugʻilib oʻsgan, emin-erkin yashayotgan musulmon shu davlat uchun harbiy xizmat qilishi lozimdir.

Islomda qarshilik koʻrsatmagan insonga nisbatan dushmanlikning barcha koʻrinishlari mumkin emas. Bitta begunoh insonni oʻldirgan goʻyoki dunyodagi barcha insonni oʻldirgan kabi gunohga botishi aytilgan.

Paygʻambar s.a.v. atrofidagi birorta insonga bugungi terrorchilar amalga oshirayotgan vahshiyliklarni oʻrgatmagan, hech kimni urush-talashga qiziqtirmagan.

Dinlar, tamaddunlar oʻzaro kurashga emas, balki oʻzaro hamkorlik va muloqotlarga tayanadi. Musulmon odam buzgʻunchi gʻoyalarga aldanmaydi, yomonlik urugʻini sochmaydi. Dinlar va millatlararo muloqotlar umummanfaat uchun xizmat qiladi. Chunki millatlararo muloqot va hamkorlik Xudoning yozigʻidir, bunga qarshi borib boʻlmaydi. Parvardigor “Ey, odamlar! Sizni bir erkagu bir ayoldan yaratdim. Bir-biringiz bilan tanishing deb qabilayu elat-urugʻlarga boʻlib qoʻydim. Taqvodorlaringiz Alloh huzurida eng mukarramingizdir” (Hujurot, 13), deya dini, tili, millatidan qatʼi nazar butun bashariyatni muloqot va hamkorlikka chorlagan.

Din tanlash har kimning ixtiyoridadir. Din majburlab singdirilmaydi, uni singdirish uchun jang qilinmaydi. “Dinga zoʻrlab kiritish yoʻq. Toʻgʻri yoʻl qaror topdi. Shaytonni inkor etib, Allohga imon keltirgan kishi mustahkam halqani tutgan boʻladi. Alloh eshitib, bilib turadi.” (Baqara, 256). Islom manbalarida din tanlashdagi erkinlikni taʼminlovchi oyatlar koʻp boʻlishi bilan birga, dinga majburlab kiritishni targʻib qiluvchi matnlar mutlaqo mavjud emas. Bir ansoriyning ikki oʻgʻli boʻlib, ikkalasi ham islomni qabul qilmagan. Oʻsha odam Paygʻambar s.a.v.dan “Ularni majburlab islomga kirgizsam boʻladimi?”, deb soʻraganida yuqoridagi oyat nozil boʻlgan.

Paygʻambar s.a.v. bir vaqtning oʻzida Madina shahar-davlatining rahbari hisoblangan. Madinada yashovchi yahudiylarni islom diniga kirishga majburlamagan, aksincha ular uchun qaygʻurgan, ularning xavfsizligini taʼminlagan.

“Robbing xohlasa yer yuzidagi odamlarning barcha-barchasi imon keltirar edi. Sen odamlarni moʼmin boʻlishga majbur qilmoqchimisan? Allohning iznu irodasisiz hech bir inson moʼmin boʻla olmaydi. Alloh aqlu farosati yoʻqlarni azobga duchor qiladi”. (Yunus, 99-100).

“Shularni eslat. Negaki sen eslatuvchidirsan, hukmingni oʻtkazuvchi emas” (Gʻoshiya, 20-21).

Maʼlum boʻldiki, islomdagi jihod tushunchasi bilan jihod atalib amalga oshirilayotgan terror urushlari oʻrtasida bogʻliqlik mutloqo mavjud emas.

Xulosa qilib aytganda “jihod” soʻzi “gʻayrat, mehnat, harakat” maʼnosida fikr, soʻz va amal xolisligi va ezguligini anglatadi. Jihodning vujudga kelishi va maqsadlari urushga qaratilmagan.

Xudo oʻz dini orqali bandalari oʻrtasidagi oʻzaro adolatni taʼminlash qoidalarini maʼlum qilgan. Bir shaxs oʻzini musulmonlar tomonga qoʻyib boshqalarni qirib tashlashi dinning maqsadini ifodalamaydi. Qudratli zot bunday qilishga buyurmaydi, yomonlik boʻlishini xohlamaydi, xohlaganida bunday qilish uchun bandasiga muhtoj boʻlmaydi, hammasi Oʻzining qoʻlida.

Dinimiz, vatanimiz, qadriyatlarimiz, anʼanalarimiz – daxlsiz omonat. Asl jihod esa mana shu omonatni goʻzal va sof shaklda kelgusi avlodgacha yetkazib berish yoʻlidagi harakatimiz, amalimiz majmuidir.

M.Nasriev, “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri, TII “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi

What you can read next

Рамазондан кейин нима қиламиз?!
Уламолар юлдузларга нега ўхшатилди?
БЕТОБУТ-У  БЕКАФАН  “МАНЗИЛ”ИГА  КЕТГАНЛАР
Бетобут-у бекафан “манзил”ига кетганлар
Илмнинг фазилати
Илмнинг фазилати

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP