2026-yil 26-iyun kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev ishtirokida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan «Rahbar va yoshlar» hamda 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni uchrashuvi boʻlib oʻtdi.


Mazkur uchrashuvda diniy-maʼrifiy sohada faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatorida «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti vakillari ham faol ishtirok etdi.

Tadbir yakunida oʻzining faolligi, tashabbuskorligi va masʼuliyati bilan ajralib turgan bir guruh ishtirokchilar tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Ular orasida bilim yurti mudarrisi, Taʼlim sifati nazorati inspeksiyasi bosh mutaxassisi Saidazimxon Saidakramov Saidakbar oʻgʻli, shuningdek, bilim yurti talabalari A. Alixojiyev hamda R Xakimov ham munosib eʼtirof etildi.



Bilim yurti jamoasi taqdirlangan ustoz va talabalarni samimiy muborakbod etib, ularning kelgusidagi ilmiy, maʼrifiy va kasbiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
KOʻKALDOSH OʻMIBY MATBUOT XIZMATI






