Kuni kecha ,,Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus bilim yurti Axborot resurs markaziga Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (194-256h. 810-870 m.) rahmatulloh alayh tomonidan bitilgan, “Sahihi Buxoriy” nomi bilan shuhrat qozongan — “al-Jame’ as-sahih” (ishonchli to‘plam) kitobining 3-jildidan 100 dona hadya qilindi. Bu kitobni 1 va 2-jildlari o ‘tgan yili ham 100 donadan hadya qilingan edi. 3- jildda 59-hadisdan 247-hadisgacha jami 189 ta hadis sharhlangan bo‘lib, “Ilm kitobi” va “Tahorat kitobini” to‘liq qamrab olgan.
Shuni ma’lum qilamizki, bu kitob sharhida moturidiy aqidasi va hanafiy mazhabiga ko‘ra izohlar, hadislardan olinadigan hukmlarning mazhablar bo‘yicha tahlili turli oqim va toifalarning fikr va qarashlariga raddiyalar, shuningdek, ushbu asarga bag‘ishlangan asarlar, unda keltirilgan hadis va rivoyatlar, ularni to‘g‘ri tushunish va talqin qilish uslublari, roviylai haqida ilmiy ma’lumotlar berilgan. Bu kitob talabalar dars jarayonlarida foydalanadigan muhim asar hisoblanadi.
Axborot resurs markazi mudiri A.Bannayev