Saudiya Arabistoni rasmiylari Masjidul Harom hovlilarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish loyihasini ishga tushirdi.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Masjidul Haromning yashil maydonlari aks etgan videolar tarqaldi, deb yozadi IslamNews.
Loyiha ijodkorlari obodonlashtirish ishlari ziyoratchilarning kelib-ketishiga taʼsir qilmasligini taʼkidlashdi. Shuningdek, ular koʻkalamzorlashtirish ishlarida havo almashinuvini yaxshilashga xizmat qiluvchi, hasharotlarni oʻziga tortmaydigan oʻsimliklar tanlab olinib, ekilayotganini qayd etishdi.
Rasmiylarning maʼlum qilishicha, havodagi kislorodni quvvatlantirish uchun 734 kvadrat metr maydon ajratilgan. Bu oʻz navbatida, global isish taʼsirini tiklashga, havo ifloslanishining oldini olishga va umuman havo sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Manba: muslim.uz






